Hozirda Tojikistondan elektr energiyasi faqat Afg‘onistonga yetkazib berilmoqda, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga yetkazib berish to‘xtatilgan, deydi respublika Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma jurnalistlar bilan uchrashuvda.
«O‘tgan yili mamlakatning barcha daryolarida suv oqimi kamaydi, natijada hukumat mamlakat aholisini kuz va qishda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida eksportga cheklovlar kiritdi», degan u.
Shuningdek, 2019 yil 2020 yil bilan taqqoslansa, pasayish 48 foizni tashkil etgan.
«Hozirgi kunda Tojikistondan qo‘shni mamlakatlarga elektr uzatish liniyalari orqali minimal oqim uzatilmoqda. Bu uzatish liniyalarini bir-biriga bog‘lab turish uchun zarurdir», dedi u.
Barki Tojik vakili matbuot anjumanida «Qirg‘iziston va O‘zbekistonga elektr uzatish liniyalari» ulangan bo‘lsa-da, elektr energiyasi na O‘zbekistonga, na Qirg‘izistonga eksport qilinmaydi deb tushuntirgan.
Ta’kidlanishicha, 2020 yilda Tojikistonda jami 19 milliard 770,5 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Shundan eksport uchun qiymati 56,4 million dollardan ortiq bo‘lgan 1 milliard 528,4 million kVt/s elektr energiyasi sarflangan.
Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 2019 yilga nisbatan 905,7 million kVt / soatga kam.
Izoh qoldirish