Tojikistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi
Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning 8 ta viloyatida ham sezilgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha 16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 06:30 da (16.06.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 01:30 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 37,85 gradus shimoliy kenglik; 72,18 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 112 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 457 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh qoldirish