Toshkent shahridagi avtobuslarning yo‘nalishlari o‘zgardi

Toshkent shahridagi avtobuslarning yo‘nalishlari o‘zgardi

Toshkent shahrida olib borilayotgan keng qamrovdagi bunyodkorlik ishlari poytaxt jamoat transporti harakatini muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda.

Jumladan, ko‘cha-yo‘l tarmoqlaridagi qurilish va ta’mirlash ishlari doirasida Bektemir, Yashnobod, Sergeli tumanlari orqali harakatlanuvchi 22 ta avtobus yo‘nalishlari harakatiga va 3 ta yo‘nalishlardagi avtobuslar rusumiga o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020 yil 17 avgustdan boshlab, avtobus yo‘nalishlari quyidagicha harakatlanadi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmati xabar qildi.

  • “Qo‘yliq M2” va “Qo‘yliq M1” avtoshohbekatlarining faoliyati tugatilganligi sababli, 12, 30, 45, 54, 68, 110, 122, 128, 130, 145, 183-sonli avtobus yo‘nalishlarining so‘nggi bekati "Qo‘yliq dehqon bozori" shohbekatida belgilandi;
  • Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 12 va 68-sonli avtobus yo‘nalishlarining qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Jarqo‘rg‘on, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 13t-sonli “Suvsoz mavzesi – Toshkent vokzali AShB” avtobus yo‘nalishining qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, X.Bayqaro ko‘chalari orqali (THAY orqali “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatiga kirmagan holda) “Suvsoz mavzesi” AShBgacha tashkil etiladi;
  • 15, 81, 93-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtinchalik to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati “Qo‘yliq 1-mavzesi” AShBdan Munis, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari, Qo‘yliq ko‘prik yo‘li ostida joylashtirilgan burilib olish manzili, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartiriladi va qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Munis ko‘chalari orqali (Qo‘yliq dehqon bozoriga bormagan holda) “Qo‘yliq 1-mavzesi” AShBgacha tashkil etiladi;
  • 22-sonli avtobus yo‘nalishining harakati “Do‘stlik metrosi” AShBdan Elbek, Aviasozlar, Qorasuv, Aviasozlar 5-tor ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartiriladi;.
  • 28-sonli “Ibn Sino 2-mavzesi – Do‘stlik metrosi AShB” avtobus yo‘nalishining ish boshlash manzili “Do‘stlik metrosi” AShBdan “Yashnobod qurilish kolleji” bekatiga ko‘chirildi va yo‘nalishning to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati “Yashnobod qurilish kolleji” bekatidan Asalobod, Jarqo‘rg‘on, Izzat, Qorasuv, Aviasozlar, Elbek ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda, qaytish yo‘nalishidagi harakati Elbek ko‘chasidan Aviasozlar, Qorasuv, Asalobod ko‘chalari orqali “Yashnobod qurilish kolleji” bekatigacha tashkil etiladi va yo‘nalish 28A-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi” avtobus yo‘nalishi deb nomlandi.
  • 45-sonli yo‘nalishning “Boshliq” mavzesi tomon harakati Farg‘ona yo‘li ko‘chasi orqali Farg‘ona bozori ko‘prik yo‘li ostida joylashtirilgan burilib olish manzili, Farg‘ona yo‘li va Yangi Qo‘yliq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartiriladi;
  • 59A-sonli avtobus yo‘nalishining harakati M.Tursunzoda ko‘chasidan Mehrigiyo, Parkent yo‘li (4R21) ko‘chalari va THAY orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etiladi;
  • 61A-sonli “Olmos mahallasi – Xalqaro Aeroport-2” avtobus yo‘nalishining qaytish yo‘nalishidagi harakati Katta Yangiobod ko‘chasidan Shoxsanam ko‘chasi orqali (“Olmos” mahallasi hududigacha harakatlanmagan holda) “Yangiobod mavzesi” AShBda qisqartiriladi.
  • 104 va 117-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati “Baxt ko‘li” bekatigacha harakatlanmagan holda “Qo‘yliq dehqon bozori” AShBda qisqartiriladi;
  • 119-sonli avtobus yo‘nalishining harakati vaqtinchalik “Qo‘yliq 1-mavzesi”gacha harakatlanmagan holda “Qo‘yliq dehqon bozori” AShBda qisqartiriladi.

Yo‘nalishlardagi yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda quyidagi yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar rusumiga o‘zgartirish kiritiladi:

  • 15-sonli avtobus yo‘nalishida Isuzu avtobuslari o‘rniga Mersedes rusumli avtobuslar tasarruf etiladi;
  • 45-sonli avtobus yo‘nalishida Mersedes avtobuslari o‘rniga Isuzu rusumli avtobuslar tasarruf etiladi;
  • 122-sonli avtobus yo‘nalishida Isuzu avtobuslari o‘rniga Mersedes rusumli avtobuslar tasarruf etiladi.

Yo‘lovchilar oqimi kam bo‘lgan 3 ta quyidagi avtobus yo‘nalishlari yopildi:

  • 10-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Toshkent tibbiyot akademiyasi” avtobus yo‘nalishi;
  • 111-sonli “Yunusobod 9-dahasi – Oqtepa maydoni” avtobus yo‘nalishi;
  • 144-sonli “O‘zbekiston jamoa xo‘jaligi – Toshkent MUM” avtobus yo‘nalishi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar