Toshkent viloyatida 240 mvt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda

Toshkent viloyatida 240 mvt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda

Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Qurilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 2 fevralda “Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorga asosan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Turkiyaning “Cengiz Enerji” (investor), “Cenergo” (loyiha kompaniyasi) kompaniyasi o‘rtasida investitsiya bitimi imzolangan.

Mazkur IES ishga tushirilgandan so‘ng, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Cengiz Enerji” o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida imzolangan bitimga muvofiq, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida kafolatlangan tarzda sotib oladi.

Qibray tumanining 3,7 gektar yer maydonida qurilayotgan mazkur yangi issiqlik elektr stansiyasi joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar