Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi

Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi

Toshkentda «Istiqlol» majmuasi tashkil etilib, u yerda mustaqillikning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasi barpo etiladi. Bu prezidentning O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil qilinadi.

Shuningdek, Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yo‘lini «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» deb nomlanadi.

Bundan tashqari, «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi. O‘tgan davrda erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekiston» kitob-albomi va to‘plamlar nashr qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar