O‘zbekistonliklar mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?
O‘zbekistonliklar mustaqillikning 31 yilligini nishonlash arafasida ish haftasidan qat’iy nazar ketma-ket 4 kun dam olishi kutilmoqda.
2 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan bayram kunlari inson qadrini ulug‘lashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish rejalashtirilgan.
Prezidentning 2021 yil dekabr oyidagi farmoniga asosan Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 4 kun ketma-ket dam olishi kutilmoqda:
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisi Mustaqillik bayrami arafasida 2020 yilda — 3 kun, 2021 yilda esa — 5 kun ketma-ket dam olgandi.
Izoh qoldirish