Toshkentning qoq markazida joylashgan “O‘zbekenergo” AJ binosi sotuvga qo‘yildi
Sotuvga qo‘yilgan bino o‘rnida mehmonxona va savdo majmuasi qurilishi ko‘zda tutilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi, 6-uyda joylashgan sobiq “O‘zbekenergo” AJning yaxlit ma’muriy bino-inshootlarini sotuvga qo‘ydi
Bino-inshootlar boshlang‘ich narxi 85 mlrd so‘m etib belgilangan.
Toshkentning qoq markazida joylashgan mazkur ob’yekt o‘rnida kamida 200 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, savdo majmuasi hamda ko‘ngilochar xizmat ko‘rsatish markazini barpo etish investitsiya majburiyati yuklanadi.
Izoh qoldirish