Tramp 2 milliondan ortiq COVID-19 vaksinalari tayyorligini aytmoqda

Tramp 2 milliondan ortiq COVID-19 vaksinalari tayyorligini aytmoqda

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, agar tibbiy sinovlar uning samaradorligi va xavfsizligini isbotlasa, vaksinalar tarqatishga tayyor.

«Vaksinalarni ishlab chiqish bo‘yicha katta yutuqlarga erishildi. Biz transport va logistika sohasida harakat qilamiz. 2 milliondan ortiq vaksina, agar tekshiruvdan samarali o‘tsa, jo‘natishga tayyor», dedi Tramp. Uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlardagi sakkiztagacha kompaniya COVID-19 uchun emlashlar va dorilarni ishlab chiqmoqda.

Prezident infeksiyani davolash usulini ishlab chiqish bilan bog‘liq «juda ijobiy kutilmagan hodisalar»ni ta’kidladi. Avvalroq, “The New York Times” Amerika ma’murlari yangi koronavirus uchun vaksina ishlab chiqaradigan beshta kompaniyani tanlaganliklari haqida xabar berishgan. Ular orasida “Moderna” va “Angra-Shved” farmatsevtika kompaniyalari bor.

Hukumatning rejasiga ko‘ra, har bir vaksina sinovlarida 30 ming kishi qatnashadi va barcha yosh guruhlari qamrab olinadi. Shuningdek, sinovlar AQShdan tashqarida, pandemiyadan aziyat chekadigan boshqa mintaqalarda ham o‘tkazilishi mumkin.

May oyi boshida Amerika yetakchisi AQShda mutaxassislar shu yil oxiriga qadar koronavirusga qarshi vaksina yaratishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar