“UzAuto Motors” so‘nggi 10 yilda to‘lagan soliqlar dinamikasini ko‘rsatdi

“UzAuto Motors” so‘nggi 10 yilda to‘lagan soliqlar dinamikasini ko‘rsatdi

O‘zbekiston Respublika Moliya vazirligi prognoziga ko‘ra, 2021 yilda Davlat byudjetining 1,5 % daromad qismi “UzAuto Motors” AJ tomonidan to‘lanadigan soliqlar hisobiga shakllantiriladi, deyiladi kompaniya xabarida.

So‘ngi 3 yil ichida to‘lovlarning keskin o‘sishi munosabati bilan avtomobil ishlab chiqaruvchi birinchi marta eng yirik 20 ta soliq to‘lovchilar qatoriga kirdi. Avtomobilsozlik sohasining yangi rahbariyati samadorlikni oshirish va “UzAuto Motors” AJga QQS to‘lash (2019 oktyabr oyida boshlab qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lab kelinmoqda) kabi imtiyozlarni bosqichma-bosqich bekor qilish kursini olib, faoliyat yuritmoqda.

"Natijada, birgina 2018-2020 yillarda “O‘zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar davlat g‘aznasiga 9 trillon so‘mdan ortiq soliq to‘ladi va ushbu ko‘rsatgich avvalgi o‘n yillikning jamlanma miqdoridan ko‘proqni tashkil etdi", deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar