Davlatimiz rahbari topshirig‘i va Boston Consulting Group (BCG) kompaniyasi bilan birgalikda tashkil etilgan «O‘zavtosanoat» AJ va uning tarkibiy korxonalarini isloh qilish bo‘yicha transformatsiya ofisi o‘z faoliyatni boshladi.
O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatini qayta tashkil etish iqtisodiyotni tubdan isloh qilish, sanoatning rivojlanishini jadallashtirish va davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kamaytirishga qaratilgan davlatimiz rahbariyati siyosati doirasida 2018 yildan beri «O‘zavtosanoat» tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ladi.
Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, davlat byudjetiga soliq to‘lovlarining sezilarli o‘sishi, mahalliylashtirish darajasini oshishi va savdo jarayonlarida shaffoflik tamoyilini joriy etilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari hisoblanadi.
Sohaning transformatsiya dasturini birgalikda amalga oshirilishi avtomobil bozorini isloh qilish uchun zarur iqtisodiy sharoitlarni hamda transformatsiya va bosqichma-bosqich «O‘zavtosanoat» va uning tarkibiy korxonalarini xususiylashtirish orqali mamlakatimizda raqobat muhitini yaratadi.
Transformatsiya ofisi Boston Consulting Group (BCG), shuningdek, Daimler, Fiat i Porsche kabi yetakchi xalqaro avtomobil konsernlarida ko‘p yillik boshqaruv tajribasiga ega yuqori malakali xorijiy va mahalliy ekpertlar ishtirirokida tashkil etildi. Transformatsiya jarayonida bunday mutaxassislar ishtiroki bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh va samarali biznes-modelini yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, transformatsiya jarayonida sanoatni boshqarishning eski modelidan voz kechish hamda mahsulot sifati va hajmiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish va mahalliylashtirish darajasini 70 %gacha ko‘tarilishi samarali boshqaruvnig natijasi bo‘ladi. Bu esa, o‘z o‘rnida, mahsulotning chakana narxini pasaytirishga imkon beradi. Birinchi bosqichdanoq ushbu dastur Chevrolet Tracker va Onix kabi modellarni ishlab chiqarilishini boshlashni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining o‘sishi, shuningdek, oxirgi yillarda ulushi sezilarli darajada o‘sgan avtomobilsozlik sohasining davlat byudjetiga barcha tushumlariga ijobiy dinamika beradi. Pandemiya sharoitlariga qaramay, 2021 yilda 80 ta soha korxonalaridan biri bo‘lgan «UzAuto Motors» AJ mamlakatning eng yirik soliq to‘lovchilari o‘ntaligiga kirdi.
Transformatsiya ofisining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, Boston Consulting Group (BCG)ning xalqaro ekspertlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Boston Consulting Group (BCG) bilan birgalikda ishlab chiqarilgan «O‘zavtosanoat rivojlanish strategiya»sida ko‘rsatilgan transformatsiya jarayoni quyidagi 7 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Savdo va marketing;
2. Yangi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik va xususiylashtirish;
3. Xaridorlar va ta’minotchilar bilan ishlash;
4. Ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash;
5. Aylanma mablag‘larni muvofiqlashtirish;
6. Moliyaviy ko‘rsatgichlarni yaxshilash;
7. Raqamlashtirish va axborot texnologiyalarni joriy etish.
Transformatsiya strategiyasi va dasturi doirasida quyidagi bosqichlar belgilangan:
– 2021-2022 yillarda «O‘zavtosanoat» va uning tarkibiy korxonalarini transformatsiya qilish, shuningdek, joriy operatsion faoliyatni (korporativ boshqaruv, ishlab chiqarish, moliya, savdo va sotuvdan keyingi xizmat) optimallashtirish va xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish;
– 2022-2025 yillarda hamkorlar bilan birgalikda yangi mashxur avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqtni ikki baravar qisqartirish, mahalliylashtirish darajasini 70%gacha oshirish, elektromobillarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik va bosqichma-bosqich «O‘zavtosanoat» tarkibiy korxonalari ulushlarini xususiy sektorga sotish.
Izoh qoldirish