O‘zbekistonda rahbarlar ishiga baho qo‘yiladigan portal yaratiladi

O‘zbekistonda rahbarlar ishiga baho qo‘yiladigan portal yaratiladi

«Davlat boshqaruvida ilg‘or davlat menejmenti va «aqlli» boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy ta’lim texnologiyalarini o‘z ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va «aqlli» boshqaruv prinsiplari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, «Boshqaruv kadrlari portali» yaratilib, 2020 yil 1 martga qadar ishga tushiriladi.

Portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek ularning kasbiy va shaxsiy o‘sishiga ko‘maklashuvchi masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish Portalning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Bo‘ka tumani va Angren shahrida tajriba-sinov tariqasida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligiga doimiy ravishda baho berib borish tizimi joriy etiladi va ushbu tizim 2020 yil 1 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Tajriba-sinov yakunlari bo‘yicha ushbu tizim keyinchalik butun respublika hududida joriy etiladi.

2020 yil 1 fevralga qadar davlat organlarining «Xalqqa – ko‘makchi, tadbirkorga – biznes hamkor» sifatida faoliyat ko‘rsatishini kengaytirish maqsadida maxsus elektron platforma yaratiladi va ishga tushiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar