"O‘zbekneftgaz" yanvar-mart oylarida suyultirilgan gaz qazib chiqarish rejasini deyarli ikki baravar oshirdi

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylariga belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari 109,9 foizga bajarilmoqda. Ushbu ko‘rsatgich o‘tgan 2020 yilning shu davriga taqqoslanganda 105,7 foizga ko‘pni tashkil etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarish hajmi joriy yilning yanvar-mart oyi rejasiga nisbatan polietilen 107,3 foizga, suyultirilgan gaz 198,5 foizga va oltingugurt 238,4 foizga bajarildi.

Bugungi kunda «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi korxonalar va zavodlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Turkiya, Estoniya, Polsha va Shvetsariya davlatlarining yirik ishlab chiqarish fabrikalari hamda tadbirkorlari tomonidan qiziqishlar ortishi o‘z navbatida jamiyatning eksport geografiyasi kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarim yillik yakuni bilan “O‘zbekneftgaz” AJ eksport prognoz ko‘rsatkichlari rejaga nisbatan 104,3% bajarilishi kutilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar