Oziq-ovqat mahsulotlari 0,9% ga arzonlashdi, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5% ga, xizmatlar esa 0,2% ga qimmatlashdi.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2021 yilning iyul oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2 % ga arzonlashdi. Ushbu holat asosan mavsumiy omil bilan tavsiflanadi.
Joriy yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 4,2 % ni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,6 % ni tashkil etdi. Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 11,1 % ga yetdi.
2021 yilning dastlabki yetti oyida oziq-ovqat mahsulotlari 4,7 % ga qimmatlashib, 2020 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga past va 2019 yilning yanvar-iyulidagi mos ko‘rsatkichdan 0,1 foiz bandga baland bo‘ldi.
2020 yilning dekabriga nisbatan nooziq-ovqatlar 3,6 % ga qimmatlashib, o‘tgan yilning yanvar-iyulidagi ko‘rsatkichdan 0,5 foiz bandga va 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 2,1 foiz bandga
past bo‘ldi.
2021 yilning iyul oyida xizmatlar oy davomida 0,2 % ga qimmatlashdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga past va 2019 yil iyul oyidagi ko‘rsatkichga teng bo‘ldi.
2021 yilning dastlabki yetti oyi davomida xizmatlar 4,3 % ga qimmatlashib, o‘tgan yilning yanvar-iyulidagi ko‘rsatkichdan 0,7 foiz bandga baland va 2019 yilgi mos ko‘rsatkichdan 1,3 foiz bandga past bo‘ldi.
2021 yil yanvar-iyulida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi uchlikdan yog‘-moy mahsulotlair (1,2 barobar), mevalar va yong‘oqlar (7,9 %), shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (7,3 %) o‘rin oldi.
Yillik nisbatda yog‘-moy mahsulotlari (1,5 barobarga), sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar
va dukkaklilar (25,6 %), mevalar va yong‘oqlar (16,5 %), shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar
(15,7 %), sezilarli darajada qimmatlashgan.
2021 yilning iyul oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan (mevasabzavotlardan tashqari) oy davomida tuxum narxlari sezilarli darajada arzonlashdi (-4,5 %). Kungaboqar yog‘i oy davomida respublika bo‘yicha o‘rtacha 0,5 % ga, yangi sog‘ilgan xom sut 0,1 % ga arzonlashdi.
Shu bilan bir qatorda, mol va qo‘y go‘shti (1,1 % - 1,6 %) hamda tovuq boldiri va tovuq go‘shtining boshqa qismlari (0,7 %-1,2 %) sezilarli darajada qimmatlashdi.
2020 yilning dekabriga nisbatan o‘simlik yog‘i (1,3 barobar) hamda shakar (15,1 %) narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallashda davom etmoqda.
Yillik nisbatda inflyasion jarayonlar paxta va kungaboqar yog‘lari narxlarining oshishida yaqqol namoyon bo‘lib, ularning narxlari o‘rtacha 1,6 barobarga qimmatlashdi. Shuningdek, shakar 1,3 barobarga qimmatlashdi.
Izoh qoldirish