Qashqadaryoda umumiy qiymati $1,7 mlrd teng yirik loyiha amalga oshirilmoqda

Qashqadaryoda umumiy qiymati $1,7 mlrd teng yirik loyiha amalga oshirilmoqda

Qashqadaryo viloyatining, G‘uzor tumanidagi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyihaning taxminiy qiymati 1,7 mlrd dollariga teng bo‘lib, loyiha doirasida “GTL” zavodida ishlab chiqariladigan 430 ming tonna naftani qayta ishlash natijasida, yiliga, yuqori likvidli bo‘lgan 280 ming tonnagacha polietilen va 100 ming tonnagacha polipropilen ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Loyihani moliyalashtirish maqsadida Rossiyaning “Gazprombank” AJdan 300 mln dollar kredit jalb qilindi.

Loyihaviy moliyalashtirish tamoyiliga asoslangan kredit mablag‘larini jalb qilish maqsadida Xitoy davlat rivojlanish banki va boshqa moliyaviy institutlar bilan ishlar olib borilmoqda.

Shu kungacha loyiha doirasida horijiy yuqori malakaga ega yirik kompaniyalar tomonidan kengaytirilgan bazaviy loyihalashtirish (FEED) va marketing tadqiqotlar ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari yirik ishlab chiqarish letsinziarlari bilan tegishli shartnomalar imzolangan.

Loyihani amalga oshirish uchun Singapurning “Inter Injiniring” kompaniyasi bilan batafsil loyhalashtirish, uskunalarni sotib-olish va qurish uchun shartnoma imzolandi.

Bugungi kunga qadar YeRS-pudratchi tomonidan loyihaga jami 375 yuqori malakali mutaxassis jalb qilingan.

Loyiha doirasida batafsil loyihalashtirish ishlari 44 foizga yakunlanib, asosiy uskunalarni yetkazib beruvchilarni oldindan saralash jarayoni davom etmoqda.

Umumiy 383 tadan 73 ta asosiy texnologik uskunani ishlab chiqarishga buyurtma berildi.

Bunda tayyor mahsulot narxlarini aniqlashda Buyuk Britaniyaning “IHS Markit” kompaniyasi tomonidan 2020 yil avgusti oyida o‘tkazilgan polimerlar bozorini o‘rganish natijaliradan foydalanilgan.

Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida O‘zbekistonda polietilen hamda polipropilen ishlab chiqarish hajmlari ko‘paytirilib, yurtimizda sifatli va eksportbop tovarlar ishlab chiqarish uchun zamin yaratiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar