O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksining mo‘’tadil ortishi kuzatilmoqda

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksining mo‘’tadil ortishi kuzatilmoqda

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2025 yilning fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 10,3 foizga oshib, 1103 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 7,6foizga ortgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 15,5 foizga ortgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 3,4foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 23,9foizga ortgan.

Hududlar kesimida Farg‘ona viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2025 yil fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Farg‘ona (46,7 %), Toshkent (43,7 %), Qashqadaryo (39,5 %), Andijon (32,9 %) viloyatlari va Toshkent (43,6 %) shaxrida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (grafik №2).

Grafik №2

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2025 yil fevral oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 108,2 ming tani tashkil etdi va 2025 yilning yanvar oyiga nisbatan 430,8 ming tranzaksiyaga (7,6 %) ortgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan 3 ta hududda kamaygan.

2025 yil fevral oyida respublikaning 11 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan ortgan. Xususan, Surxondaryo (24,7 %), Toshkent (12,5 %), Xorazm (10,4 %), Navoiy (10,2 %) va Andijon (8,4 %) viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich Buxoro (5,5 %), Qashqadaryo (2,0 %) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (0,3 %) kamaygan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2025 yilning fevral oyida IFIning birja komponenti 1,1549 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 15,5 foizga oshganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 19,3 foizga va tuzilgan bitimlar soni 11,6 foizga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025 yil fevral oyida 6 728,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 8,9 foizga ortgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2025 yil fevral oyida 1,0340 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 3,4 foizga ortgan. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga kamaygan.

2025 yil fevral oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (459 104 birlik) nisbatan 7 077 birlikka ortib, 466 181 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 330 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 363 628 tadan 370 364 taga ortgan (o‘sish 6 736 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 91 764 tadan 91 775 tagacha (11 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 4 042 tani tashkil etib, 2025 yilning yanvar oyiga nisbatan 330 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2025 yil fevral oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,2394 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2025 yilning yanvar oyiga nisbatan 23,9 foizga ortgan. 2025 yilning fevral oyida yuridik shaxslar tomonidan 352 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1103

↑1,0759

↑1,1549

↑1,0340

↑1,2394

Farg‘ona viloyati

↑1467

↑1,0516

↑2,0000

↑1,0644

↑2,1538

Toshkent viloyati

↑1437

↑1,1249

↑1,9315

↑1,0229

↑1,5238

Toshkent shahri

↑1436

↑1,0800

↑2,0000

↑1,0269

↑1,0556

Qashqadaryo viloyati

↑1395

↓0,9803

↑2,0000

↑1,0394

↓0,7778

Andijon viloyati

↑1329

↑1,0839

↑1,5971

↑1,0391

↑2,7500

Buxoro viloyati

↑1296

↓0,9452

↑1,6731

↑1,0343

↑2,2857

Xorazm viloyati

↑1286

↑1,1036

↑1,5028

↑1,0293

↑2,4000

Sirdaryo viloyati

↑1272

↑1,0057

↑1,6936

↑1,0553

↓0,3333

Surxondaryo viloyati

↑1239

↑1,2477

↑1,1200

↑1,0645

↑4,0000

Samarqand viloyati

↑1218

↑1,0507

↑1,4627

↑1,0358

↑1,2381

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1147

↓0,9966

↑1,2657

↑1,0537

↑2,0000

Namangan viloyati

↑1120

↑1,0414

↑1,2122

↑1,0375

↑1,4000

Jizzax viloyati

↑1093

↑1,0090

↑1,2393

↑1,0416

↓0,5000

Navoiy viloyati

↑1089

↑1,1025

↑1,0729

↑1,0428

↑1,5000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1091

↓0,8962

↑1,2097

↓0,9761

↑2,6269

Xorazm viloyati

↑1510

↓0,9216

↑1,5433

↓0,9568

↑12,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1497

↓0,7947

↑2,0000

↓0,9484

↑7,0000

Samarqand viloyati

↑1464

↓0,8402

↑2,0000

↓0,9702

↑5,2000

Surxondaryo viloyati

↑1448

↓0,8931

↑2,0000

↓0,9774

↑4,0000

Toshkent shahri

↑1265

↓0,9002

↑1,2969

↑1,6793

↑2,0652

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1234

↓0,9529

↑1,3004

↓0,9110

↑6,0000

Navoiy viloyati

↑1221

↓0,8726

↑1,5562

↓0,9219

↑3,0000

Sirdaryo viloyati

↑1188

↓0,8082

↑1,5887

↓0,9530

↑2,0000

Buxoro viloyati

↑1158

↓0,9122

↑1,3416

↓0,9384

↑3,2000

Andijon viloyati

↑1139

↓0,9600

↑1,3117

↓0,9638

↑2,2000

Jizzax viloyati

↑1109

↓0,7965

↑1,4816

↓0,9444

↑1,0000

Toshkent viloyati

↑1071

↓0,8759

↑1,0612

↑1,0018

↑4,0000

Namangan viloyati

↑1009

↓0,8436

↑1,0267

↓0,9971

↑2,8000

Farg‘ona viloyati

↓989

↓0,8510

↓0,9817

↓0,9743

↑2,8000

Islombek Saparmatov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar