Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kimlarga 100 foiz to‘lanadi?

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kimlarga 100 foiz to‘lanadi?

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:

  • ishlayotgan 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga;
  • baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
  • qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
  • Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
  • Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
  • mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.

Shuningdek, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar