2022 yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi 349 mln. dollar bo‘lib, shundan 69 foiz – 240,9 mln. dollar import va 31 foiz – 108,1 mln.dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida -132,8 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.
Jizzax viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 77,8 mln. dollar bilan Janubiy Koreya bilan bo‘lib, 77,3 mln.dollar import va 0,1 mln doll. eksportni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (64,9 mln.doll.), Turkiya (51,3 mln.doll.), Rossiya (44,8 mln.doll.) davlatlari turadi.
2022 yil 1-yarim yilligda hududda sanoat mahsulotlari eksporti 62,9 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 26,3 mln dollar, har xil tayyor mahsulotlar 10,4 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 2,5 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 4,9 mln.dollarni tashkil etdi.
Ushbu davrda mashina va transport uskunalari importi 181,9 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 18,7 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari 14,2 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 15,9 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,7 mln. dollarni tashkil etdi.
Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 26,1 foizi Zarbdor, 13,7 foizi Zafarobod, 12,1 foizi Paxtakor, 8,4 foizi Zomin tumanlaridan amalga oshirildi.
Importning 45,9 foizi G‘allaorol tumaniga, 22,1 foizi Jizzax shahriga to‘g‘ri keladi. (Ma’lumot uchun: G‘allaorol tumanida “ADM Jizzax” avtomobil ishlab chiqarish korxonasi hisobiga import yuqori).
Izoh qoldirish