Xorij jurnalida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi to‘g‘risida maqola chop etildi

Xorij jurnalida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi to‘g‘risida maqola chop etildi

Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Angliyada chop etiladigan QS Global Education News xabarnomasida “QS EECA reytingidan joy olgan O‘zbekistonning yagona instituti” sarlavhasi ostida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining erishayotgan natijalar to‘g‘risida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2019 yilda Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingida 301-350 o‘rinda qayd etilishi mamlakatlarimiz oliy ta’lim muassasalari tarixida erishilgan yuqori natija bo‘lgan edi. Mazkur natija QS ning 2020 yilgi yillik hisoboti (Yearbook) da ham o‘z aksini topdi.

Maqolada institutning QS EECA reytingidagi ishtiroki, yoshlarga yaratilgan global standartlar asosidagi yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyati, ilmiy hamda akademik izlanishlar uchun xizmat qilayotgan laboratoriyalar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Pandemiya sharoitida bo‘lsa-da, ta’limda uzluksizlik ta’minlangani ta’kidlanadi.

QS-GEN (Global Education News) xabarnomasi QS WOWNEWS jurnali vorisi bo‘lib, joriy yilning avgust oyida birinchi sonini nashr qildi. Xabarnomada dunyo OTMlari yangiliklari, shu jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar yutuqlari, dastur ishlanmalari, ilmiy yutuqlar, innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik va hamkorlik doirasida tuzilgan shartnomalar, talabalar shaharchasi va OTM huzuridagi ilmiy markaz hamda laboratoriyalar faoliyati haqidagi muhim yangiliklar berib boriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar