Yillab dolzarb bo‘lgan muammolar o‘z yechimini topmoqda

Yillab dolzarb bo‘lgan muammolar o‘z yechimini topmoqda

Uyma-uy yurib o‘rganishlar natijalari joylarda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator muammolar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Xususan, aholi zich yashaydigan hududlardagi ko‘p qavatli uy-joylarning kommunal sohasi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llar, ijtimoiy soha ob’yektlari holati kabi masalalar bilan bog‘liq muammolar.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Navoiy viloyatida Respublika ishchi guruhi mas’ullari tashabbusi bilan ichki yo‘llarning 20,7 km yo‘l ta’mirlandi. Shundan, 10,3 km yo‘l shag‘allashtirildi, 10,4 km yo‘lga asfalt yotqizildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 274 ta temir beton tayanchlar, 12 ta transformator o‘rnatildi, 14,2 km yangi tarmoq tortildi. Aholi murojaatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha 195,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 15,7 km yangi tarmoq tortildi, 1 ta suv inshootini ta’mirlash, 1 ta suv yig‘ish rezervuarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Viloyatdagi 72 ta ko‘p qavatli uylarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 38 ta uyning kirish yo‘laklari ta’mirlandi, 16 ta uyga temir eshiklar o‘rnatildi, 11 ta uyning tom qismini, 9 ta uyning fasad qismini ta’mirlash hamda ushbu uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Navoiy viloyatida 2023 yilda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari uchun 119 ta ob’yektga 15,8 mlrd. so‘m moliyalashtirilishiga ko‘maklashildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 2 877 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga jami 89,2 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 430 nafar fuqaroga 9,4 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 52 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 252,4 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan 25 nafar kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlanib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Farg‘ona viloyatida ham bu kabi qator amaliy ishlar olib borildi.

Xususan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida jami 22,05 km ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish va shag‘allashtirish ishlari bajarildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 350 dona temir-beton tayanchlar, 2 dona transformator o‘rnatish hamda 5,7 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 3 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Kommunal xo‘jaligi sohasini yaxshilash borasida Marg‘ilon shahrida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘lagidagi framuga romlari plastik romlarga almashtirilib, mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. Yoki Uchko‘prik tumanida 30 ta ko‘p qavatli uylarga ulanishi rejalashtirilgan qiymati 1,2 mlrd. so‘mlik mahalliy oqova suv tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda hamda ko‘p qavatli uylarni oqova suv tarmog‘iga ulash ishlari boshlandi.

Kredit, subsidiya ajratish, aholi bandligini ta’minlash masalasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Farg‘ona viloyati tijorat banklari tomonidan 2 208 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga 122,3 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 677 taga 11 241,0 mln. so‘m, sanoat sohasi yo‘nalishida 9 taga 11 162,0 mln. so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasiga 64 taga 31 693,0 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan Farg‘ona shahridan 24 nafar ishsiz xotin-qizlarga mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan, o‘zini band qilish maqsadida 117,5 mln. so‘mlik subsidiya asosida 24 ta tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Ishlar davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar