Yo‘l sohasini boshqarish tizimi takomillashtiriladi

Yo‘l sohasini boshqarish tizimi takomillashtiriladi

“Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

  • og‘ir va yirik gabaritli avtomobillarning vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish, ularning avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi uchun yig‘im undirish va harakatlanishiga ruxsatnoma berish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (Qo‘mita) tomonidan amalga oshiriladi;
  • yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto- va videoqayd etish texnik vositalari Qo‘mita bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi;
  • avtomobil yo‘llarining qatnov qismlariga uzunasiga joylashgan muhandislik kommunikatsiyalarining yangi tarmoqlarini loyihalashtirish va yotqizish taqiqlanadi, ularning avtomobil yo‘llari bilan ko‘ndalang kesishishi bundan mustasno.

Qarorga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan yer uchastka va inshootlarida tashqi reklama ob’yektlari (konstruksiyalari) Qo‘mita ruxsati asosida quriladi.

Shuningdek, yo‘l bo‘yida ajratilgan yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo, servis ob’yektlari, tadbirkorlik faoliyati uchun boshqa ob’yektlar Qo‘mita bilan kelishgan holda joylashtiriladi va quriladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 31 dekabrga qadar xorijiy yuk avtomobillarining respublika avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘tishi kilometrini yoki vaqtini hisob-kitob qilish va buning uchun haq undirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar