YuNESKO yoshlar uchun bepul onlayn ta’lim platformasini ishga tushirmoqda

YuNESKO yoshlar uchun bepul onlayn ta’lim platformasini ishga tushirmoqda

CAYSPACE - Markaziy Osiyo yoshlar makoni YuNESKOning Olmaota shahridagi Klaster byurosi tomonidan yaratilgan.

CAYSPACE moliyaviy savodxonlik, vaqtni boshqarish asoslari, marketing va PR asoslari, kommunikatsiya asoslari va notiqlik mahorati, ayollarning yetakchilik qobiliyatlari, tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish va boshqalar kabi 10 ta professional yo‘nalish bo‘yicha treninglarni taklif etadi.

O‘qitish bepul va onlayn tarzda amalga oshiriladi, o‘quv materiallari interaktiv videolar shaklida taqdim etiladi. O‘quv materiallarining mazmuni testlar ko‘rinishidagi nazariy va amaliy vazifalar bo‘lib, undan so‘ng talaba sertifikat oladi.

“Bizning platformamiz inklyuzivligi bilan noyobdir. Bu barcha qiziqqan yoshlarga, ularning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan, geografik joylashuvidan shu jumladan, alohida ehtiyojga ega bo‘lishidan qat’i nazar, qo‘shimcha ma’lumot olishlariga imkon beradi. Shuningdek, biz ushbu loyiha COVID-19 pandemiyasi oqibatida o‘z farzandlarining qo‘shimcha ta’limi uchun pul to‘lash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ota-onalarni qo‘llab-quvvatlaydi, deb ishonamiz», - deydi YuNESKOning Olmaotadagi Klaster byurosi Ijtimoiy va gumanitar fanlar sektori rahbari Arina Myasoyed.

Platformaning ushbu yo‘nalishidagi asosiy vazifa qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatini teng ravishda ta’minlash, shuningdek, yoshlarning muvaffaqiyatli ish bilan ta’minlanishi uchun bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

CAYSPACE talabalari, shuningdek, YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun yoshlar tashabbuslari va loyihalarini ishlab chiqish g‘oyalari laboratoriyasiga kirish shaklida sherik bo‘lishga taklif qilinadi. Shuningdek, talabalar BMTning mintaqadagi agentliklari faoliyati, xususan, yoshlar dasturlari, ko‘ngillilik va amaliyot o‘tash imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatiga ega.

CAYSPACE rasmiy ishga tushirilishiga qadar, bugungi kungacha 200 dan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Loyiha yil davomida 3000 dan ortiq yoshlarni qamrab olishni rejalashtirmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar