Inson kapitaliga sarmoya Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti kafolati

Inson kapitaliga sarmoya Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti kafolati

Yoshlar - har qanday jamiyatning ertasi, kelajagidir. Ular Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho oltin fondi, qolaversa, istiqbolimiz poydevori hisoblanadi. Bugun yurtimizda ularning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi uchun barcha kuch hamda imkoniyat ishga solinmoqda. Yangi O‘zbekiston o‘z oldiga ulkan marralar qo‘ygan. Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishilgan.

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati - 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ekanida ham ramziy ma’no mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i navqiron insonlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli shaxslar sifatida tarbiyalash yangi O‘zbekistonni bunyod etishda hal qiluvchi kuchdir.

Yangi O‘zbekiston baxtiyor yoshlar mamlakatidir. Mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, ya’ni 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklashini ko‘z oldimizga keltirsak, juda katta e’tibor, g‘amxo‘rlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga ko‘rsatiladigan e’tibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Chunki hozir O‘zbekiston mehnat resurslarining yarmidan ko‘pi yoshlardir. Kelgusida har uchinchi rahbar ham yoshlardan bo‘ladi.

Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etib kelingan. Sharq Uyg‘onish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yo‘naltirib va qo‘llab-quvvatlab turishni talab etadi. Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari yo‘lida erkin ijtimoiylashuvi va o‘zini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi.

Yana bir muhim jihat. Yaqin istiqbolda maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, maktablarni rivojlantirish Milliy dasturini joriy etish, o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqish, oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish maqsad qilingan. O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri, Erkin Vohidov “Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yo‘qmi, o‘qituvchilar saviyasiga bog‘liq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim” – deb bejizga ta’kidlamagan edi.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzi umumiy boyligining 66 foizi inson kapitaliga, ya’ni insonning ilm darajasiga to‘g‘ri kelmoqda. AQShda ushbu ko‘rsatkich milliy boylikning 77 foiziga teng.

Kapital taraqqiyot tarbiya va ta’limdan boshlanadi. Yosh avlodga yo‘naltirilgan har qanday sarmoya ertaga - kun kelib ming-ming hissa bo‘lib qaytadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston yoshlariga zo‘r havas qilishdan boshqa havas yo‘q.

Umuman olganda, O‘zbekistonda inson kapitali uchun katta maqsadlar va mablag‘lar sarflanmoqda. O‘z navbatida, xalqimizda “Yangi O‘zbekiston orzusi” paydo bo‘ldi. Bu nima degani? Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston — barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusi! Unda xalqimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari intilishlari o‘ziga xos tarzda aks etmoqda.

Iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarida inson resurslari baholanishi

Kategoriya

Qo‘llanish davri

Iqtisodiyot sub’yekti to‘g‘risidagi tasavvur

Amalga kiritilishi sabablari

Ish kuchi

XIX asr –hozirgi davr

Inson – mehnat jarayonida samarali foydalanish imkoniyati bo‘lgan qobiliyat va sifatlar sohibi sifatida

Ishlab chiqarishda shaxs omilini hisobga olish zarurati

Mehnat resurslari

XX asrning 20-yillari – hozirgi davr

Inson – tashqi boshqaruvning nofaol ob’yekti, reja-hisob birligi sifatida

Iqtisodiyotni markazlashtirgan holda boshqarish sharoitida ish kuchini takror hosil qilish jarayoni ko‘rsatkichla­rini hisobga olish zarurati

Mehnat salohiyati

XX asrning 70-80-yillari – hozirgi davr

Inson – mehnat sohasida o‘z ehtiyoj va manfaatlariga ega sub’yekt sifatida

Shaxsiy

omil imkoniyat­larini faol­lashtirish va ulardan samarali foydalanish zarurati

Inson omili

XX asr 80-yillarining oxiri – 90-yillarining boshlari – hozirgi davr

Inson – ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi, uning samarador­ligini oshirish vositasi

Ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar, shaxsiy omil samaradorligini oshirish zarurati

Inson kapitali

XX asrning 90-yillari boshlari – hozirgi davr

Inson – eng samarali kapital kiritishning ob’yekti, bu kapital bilim va mahoratni oshirishga xizmat qilib, kelgusida eng yuqori samara keltirishi maqsadini ko‘zlash

Inson salohiyatini hamda insonga investitsiya­larning iqtisodiy xususiyatini e’tirof etish

Shu o‘rinda bitta savol tug‘iladi. O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish qay darajada?

Savolga javob berishdan oldin, keling, yurtimiz innovatsion rivojlanish shartlari va omillari ko‘rsatkichlarini jahon mezonlari bilan taqqoslab ko‘ramiz. Unga ko‘ra, Tadqiqot va rivojlanish xarajatlarining (R&D) YaIMdagi ulushi atigi 0,2 foizni tashkil etadi. Bu boshqa mamlakatlarga qaraganda o‘rtacha 11,8 barobarga kam, deganidir.

Vaholanki, hozirgi paytda inson kapitaliga nisbatan qarashlar tubdan kengayib, unga qimmatbaho aksiya hamda daromadlar oqimi sifatida qaralmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki inson kapitali iqtisodiy rivojlanish bilan chambarchas bog‘liq. Buni dunyoga mashhur hind olimi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi (1998 yil) Amartiya Sen ilmiy asoslab bergan. Uning fikricha, rivojlanish jarayoni faqat moddiy yoki iqtisodiy farovonlikning ortishi emas, balki jamiyatning har bir a’zosiga tanlov erkinligi yuqoriligini nazarda tutadigan shaxsning imkoniyatlarini kengaytirishdir. Davlat nafaqat iste’mol tengligini, birinchi navbatda, ta’lim, sog‘liqni saqlash xizmatlari, shuningdek, siyosiy va fuqarolik huquqlari sohasida teng huquqlilikni ta’minlashi kerak. Bu inson kapitalining o‘sishiga xizmat qiladi.

Inson taraqqiyotiga sarmoya kiritib, jamiyat nafaqat mehnat unumdorligini oshirishga, balki tovarlar, ijtimoiy mahsulotlar va xizmatlarni yanada adolatli taqsimlashga ham erishishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirish vazifasi davlatning ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi ushbu maqsad-muddaolarga hamohangligi bilan ham ahamiyatlidir.

Dunyoga mashhur davlat arbobi, Singapurning birinchi Bosh vaziri Li Kuan Yu “Singapur mo‘’jizasi”da “to‘g‘ri siyosat va inson kapitaliga sarmoya tikishimizda”, deya ta’kidlagan ei. Ya’ni inson kapitaliga yo‘naltirilgan 1 dollar mablag‘ 10 yildan so‘ng 100 barobar, 20 yildan so‘ng 1000 barobar bo‘lib qaytadi. Aslida ham shunday.

Taraqqiy etgan davlatlarda “Sanoat-4.0” iborasi paydo bo‘lganiga bir necha yil bo‘ldi. “Sanoat-4.0” dasturi taraqqiyotning yangi - “raqamli iqtisodiyot” bosqichi boshlanganini anglatadi.

O‘zbekiston uchun “Sanoat-4.0” yaratadigan eng katta imkoniyatlar ham, muayyan xavflar ham inson omili bilan bog‘liq. Chunki mehnat resurslarida intellektual salohiyatning roli tobora oshib borishi ushbu yangi davrning xarakterli xususiyatidir. Markaziy Osiyoda eng ko‘p aholiga ega O‘zbekistonning, albatta, bu borada katta imkoniyatlari mavjud. To‘rtinchi sanoat inqilobida kapitalga tayangan iqtisodiyot o‘rnini “iste’dodlar iqtisodiyoti” egallay boshlashini hisobga olsak, aynan inson kapitalini ko‘tarishga ustuvorlik berilishining zarurati oydinlashadi. Shu bilan birga, “Sanoat-4.0” dasturi doirasida ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarining raqamlashuvi va avtomatlashuvi natijasida ko‘plab ish o‘rinlari qisqarib ketadi. Mehnatga layoqatli aholini, birinchi navbatda, yoshlarni yangi texnologik davrda yashash va mehnat qilishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Inson kapitalining turlari va komponentlari

Jamiyat, davlat tomonidan aholining barcha qatlamlariga va toifalariga ayni miqdor va shakllardagi inson kapitali investitsiyasi sarflanishiga qaramay, inson kapitalining quyidagi turlari shakllanadi va hukm suradi:

  1. Ijobiy (faol) inson kapitali;
  2. Salbiy (nofaol) inson kapitali;
  3. Manfiy inson kapitali.

Ijobiy (aktiv) inson kapitali – o‘zi uchun sarflangan investitsiyani to‘la o‘zlashtirgan va uni jamiyatning rivojla-nishi va takomillashuvi shaklida ro‘yobga chiqargan kreativ (yara-tuvchi) va innovatsion kapitaldir. Bu yaratuvchanlik va tako-milla¬shuv, jumladan, aholining turmush darajasining oshishi, innovatsion salohiyatning yuksalishi, ta’lim tizimi¬ning rivoji, ilm-fanning taraqqiyoti, axborot almashinuvi va ta’minoti erkinligi, aholi salomatligining yaxshilanishi kabi¬larda namoyon bo‘ladi. Chunki, inson kapitalining parametrlari va sifati aholi / shaxsning mentaliteti, ta’lim darajasi, hayotiy tasavvurlari va sog‘liqni saqlash sohasidagi ahvol kabi¬lar bilan o‘lchanadi. Aytish lozimki, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlashga sarflangan investitsiyalar tarixan qisqa mud¬dat ichida samara berishi mumkin, ammo asrlar davomida shakl¬langan mentalitetni qisqa vaqtda o‘zgartirish qiyin. Shu sababli dunyodagi ilg‘or tajriba va bilimlarni milliy/shaxs mentalitetining ijobiy xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirish muhimdir.

O‘zbekistonda rivojlangan G‘arb va Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi tajribasi o‘zlashtirilar ekan, ayni shu nuqtalarga jiddiy e’tibor qaratilayotgani diq-qatga sazovordir, ya’ni ilg‘or chet el tajribasining xalqimiz-ning milliy mentalitetiga va ko‘p asrlik an’analariga mos keladigan jihatlari, shakllari qabul qilinmoqda yoki ular mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirilmoqda. Shuningdek, milliy madaniyatimiz, an’analarimizni targ‘ib qilish hamda yoshlarimizni chet ellardagi ba’zi oqim va harakatlarning zararli ta’siridan saqlash uchun olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va profilaktik choralar aynan shu maqsadni ko‘zlagandir. Inson kapitali ham ayni ma’lum shaxs kabi ma’lum bir sivilizatsiya, mentalitet va an’analarning mahsulidir.

  1. Salbiy (passiv) inson kapitali. Inson kapitalining bu turi mamlakat taraqqiyotiga va innovatsion iqtisodiyotga aytarlik hissa qo‘shmaydi, uning butun mohiyati moddiy imkoniyatlarning iste’molchisi bo‘lishdan iboratdir. Passiv inson kapitalini yaxshi ta’lim olmagan, oddiy kustar (qo‘l mehnatiga asoslangan) sanoatda, tovar ayirboshlashga asoslangan tijoratda yoki mexanizatsiyalashmagan qishloq xo‘jaligida band kishilar tashkil etadi deyish mumkin. O‘zbekcha ta’bir bilan aytganda, «qora mehnat» qiluvchilar, ya’ni malaka talab qilmay¬digan ishlarda ishlaydigan kishilar passiv inson kapitalini tashkil etadilar.
  2. Inson kapitalining eng tahlil va bahs talab uchinchi turi manfiy inson kapitalidar. Manfiy inson kapitali deganda, nomidan ma’lum bo‘lganidek, o‘ziga sarflangan investitsiya-lardan jamiyat uchun hech qanday foyda keltirmagan, na o‘zi yashaydigan jamiyat iqtisodiyotining rivojiga, na aholi tur¬mush daraja¬sining yuksalishiga, na shaxs sifatida o‘zining ri-vojlanishiga hissa qo‘shishga yaramagan toifa tushuniladi. O‘zbekcha ifoda bilan aytganda, «na o‘ziga, na boshqaga foydasi teg¬maydigan» toifa manfiy inson kapitalini tashkil etadi. Ashaddiy jinoyatchilar, giyohvandlar, korrupsionerlar, ishyoqmaslar, ichki¬lik¬bozlar, tekinxo‘rlik bilan kun kechiruvchilar – bir so‘z bilan aytganda, jamiyat va oilasining sarflagan moddiy investitsiyasi, bergan ta’lim-tarbiyasining samarasini yo‘qqa chiqargan kishilar manfiy inson kapitali sifatida namoyon bo‘ladilar. Ana shu toifadagi inson kapitali misolida ba’zi toifadagi kishilar uchun sarflangan investitsiyalar hamisha ham o‘zining ijobiy samarasini beravermasligi ko‘rinadi.

Manfiy inson kapitali ko‘pincha xalqning mentalitetidagi nozik holatlar, yetishmovchiliklar, aholi madaniyat saviyasining pastligi, jamiyatdagi muammolar, shuningdek, kishilarning ta-biiy haqqi bo‘lgan erkinliklarning cheklanishi kabi sabablar natijasida vujudga kelishi mumkin.

Ma’naviy yetuk jamiyatlarda manfiy inson kapitali toifasidagilarga o‘zlarining umidsiz hollaridan chiqish uchun so‘nggi imkoniyatlar beriladi hamda ularning ijobiy o‘zgarishlarga bo‘lgan harakatlari jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bunga misol tariqasida mamlakatimizda har yili Konstitutsiya kuni yoki Mustaqillik bayrami arafasida adashib xato yo‘llarga kirgan kishilarga avf (amnistiya) e’lon qilinishi va sobiq mahbuslarga hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun berilayotgan yordam hollarini keltirish mumkin. Bunday ijtimoiy g‘amxo‘rlik natijasida manfiy inson kapitaliga aylanishga ulgurgan fuqarolar jazoni o‘tash muassasalaridan muddatidan oldin ozodlikka chiqariladilar, so‘ngra ularga mahalla va ichki ishlar organlari ish topish va turarjoy bilan ta’minlashda yordam beradilar, yangi kasb yoki hunar sohibi bo‘lishiga yordamlashadilar. Mamlakatimizda ana shu tarzda to‘g‘ri yo‘lga tushib olgan, musbat inson kapitali toifasiga qaytgan ko‘plab insonlar bor.

Xullas, inson kapitali – mehnat qiluvchi kishilarning oddiy yig‘indisi emas. Inson kapitali bu professionalizm, bilimga intilish, axborot ta’minoti, sog‘liq, optimizm, tashabbus va mehnatsevarlik kabi tomonlar va xislatlardan yuzaga keladigan bir fenomendir.

Abduraxmonova Nigora Qalandarovna
Pedagogik innovatsiyalar va kasb-hunar ta’limini boshqaruv hamda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bosh mutaxassisi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar