Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022 yil aprel oyida 1100 birlikni tashkil etib, mart oyiga nisbatan 10,0 foizga oshdi. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 35 foizlik o‘sish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2022 yilning aprel oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 10,0 foizga oshib, 1100 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 8,5 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 2,0 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 17,7 foizga oshgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 17,9 foizga kamaygan.
Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2022 yil aprel oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 13 ta hududda o‘tgan oyga (2022 yil mart) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (38,0%), Qashqadaryo (23,1%), Jizzax (13,7%) va Buxoro (12,3%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).
Shu bilan birga, ushbu indeks Navoiy viloyatida o‘tgan oyga nisbatan 1,7 foizga pasayish kuzatilgan.
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2022 yil aprel oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 437,0 mingtani tashkil etdi va 2022 yilning mart oyiga nisbatan 427,2 ming tranzaksiyaga (8,5%) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 12 ta hududda oshgan.
2022 yil aprelda respublikaning 12 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Qashqadaryo (15,2%), Andijon (14,1%), Namangan (12,8%) va Sirdaryo (10,9%) viloyatlarida kuzatilgan. Shu bilan birga, Farg‘ona (-3,7%) va Buxoro (-3,4%) viloyatlarida pasayish kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2022 yilning aprel oyida IFIning birja komponenti 1,1768 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 17,7 foizga o‘sganligini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi (20,9%) hamda bitimlar sonining (14,4%) oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022 yil aprel oyida 7 162,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 4,0 foizga oshgan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2022 yil aprel oyida 1,0197 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 2,0 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy o‘zgarib, 10,9 foizga oshgan.
2022 yil aprel oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2022 yilning mart oyiga (586 816 birlik) nisbatan 5 923 taga ko‘payib, 592 739 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 176 taga oshgan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 475 465 tadan 481 138 tagacha oshgan (o‘sish 5 673 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 107 730 tadan 107 804 tagacha (o‘sish 74 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 797 tani tashkil etib, 2022 yilning mart oyiga nisbatan 176 taga oshgan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2022 yil aprel oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,8212 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning mart oyiga nisbatan 17,9 foizga kamaygan. Joriy yilning aprel oyida yuridik shaxslar tomonidan 271 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar |
IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1100 | ↑1,0853 | ↑1,1768 | ↑1,0197 | ↓0,8212 |
Sirdaryo viloyati | ↑1380 | ↑1,1090 | ↑1,7223 | ↑1,0370 | ↑2,5000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1231 | ↑1,1518 | ↑1,2029 | ↑1,0292 | ↑4,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1137 | ↑1,0477 | ↑1,2973 | ↑1,0045 | ↑1,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1123 | ↓0,9664 | ↑1,2962 | ↑1,0053 | ↑1,5000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1100 | ↑1,0372 | ↑1,2090 | ↑1,0162 | ↑1,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1099 | ↑1,0563 | ↑1,2322 | ↑1,0141 | ↓0,4444 |
Andijon viloyati | ↑1087 | ↑1,1414 | ↑1,1160 | ↑1,0145 | ↓0,6000 |
Toshkent shahri | ↑1075 | ↑1,1000 | ↑1,0910 | ↑1,0230 | ↓0,9409 |
Samarqand viloyati | ↑1060 | ↑1,0955 | ↑1,1019 | ↑1,0095 | ↓0,4483 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1037 | ↑1,0865 | ↑1,0093 | ↑1,0143 | ↑1,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1011 | ↑1,0862 | ↓0,9649 | ↑1,0123 | ↓0,7429 |
Namangan viloyati | ↑1007 | ↑1,1278 | ↓0,9295 | ↑1,0162 | ↓0,5556 |
Farg‘ona viloyati | ↑1001 | ↓0,9628 | ↑1,0591 | ↑1,0261 | ↓0,4815 |
Navoiy viloyati | ↓983 | ↑1,0050 | ↑1,0094 | ↑1,0322 | ↓0,0000 |
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar |
IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1351 | ↑1,0749 | ↑1,7661 | ↑1,1094 | ↓0,8262 |
Samarqand viloyati | ↑1449 | ↓0,9795 | ↑2,0000 | ↑1,1680 | ↑1,6250 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1385 | ↓0,7983 | ↑2,0000 | ↑1,1154 | ↑2,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1357 | ↓0,8456 | ↑2,0000 | ↑1,0494 | ↑1,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1347 | ↓0,8615 | ↑2,0000 | ↑1,1008 | ↓0,1176 |
Toshkent shahri | ↑1333 | ↑1,3108 | ↑1,5248 | ↑1,0928 | ↓0,7883 |
Andijon viloyati | ↑1102 | ↓0,9786 | ↑1,1271 | ↑1,1318 | ↑2,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1074 | ↓0,8533 | ↑1,2399 | ↑1,0882 | ↑1,3333 |
Toshkent viloyati | ↑1063 | ↓0,8402 | ↑1,2777 | ↑1,0752 | ↓0,7027 |
Buxoro viloyati | ↑1044 | ↓0,7732 | ↑1,2457 | ↑1,0760 | ↑1,2857 |
Farg‘ona viloyati | ↑1041 | ↓0,7717 | ↑1,2162 | ↑1,1335 | ↑1,1818 |
Namangan viloyati | ↑1034 | ↓0,8703 | ↑1,1362 | ↑1,0780 | ↑1,2500 |
Sirdaryo viloyati | ↓962 | ↓0,9726 | ↓0,8635 | ↑1,0862 | ↑1,2500 |
Qashqadaryo viloyati | ↓951 | ↓0,9441 | ↓0,9058 | ↑1,0835 | ↓0,6667 |
Navoiy viloyati | ↓951 | ↓0,8437 | ↓0,9987 | ↑1,1648 | ↓0,0000 |
Izoh qoldirish