O‘zmilliybank va «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya) 953 milliard so‘m miqdorida bitim imzoladi

O‘zmilliybank va «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya) 953 milliard so‘m miqdorida bitim imzoladi

2019 yilning 14 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy banki «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya) investitsiya kompaniyasi bilan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada 953 milliard so‘m (100 million AQSh dollari ekvivalenti) miqdorida mablag‘ jalb qilish uchun kelishuv imzoladi.

Ushbu kelishuv rivojlanayotgan bozorlarda xalqaro moliya institutlari bilan ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan «Frontera Capital» investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ushbu mablag‘lar O‘zmilliybank nomidan xalqaro kapital bozoriga kredit notalarini chiqarish orqali jalb qilindi, bu esa o‘z navbatida O‘zmilliybankka jahon kapital bozoridagi ijobiy obro‘sini mustahkamlashga imkon beradi va xalqaro investorlarning qiziqishini uyg‘otadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar