O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda “compliance control“ tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda “compliance control“ tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda “compliance control“ tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi hisoblangan Bosh prokuratura tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan yangi loyiha Italiyaning KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Hozirda “O‘zkimyosanoat” va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilgan ushbu tizim korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan. Xalqaro ekspertlarning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilayotgan yangi loyiha mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar va amaliyotlarni samarali joriy etishga imkon beradi. Shuningdek, jamiyatlar faoliyatining shaffofligi, korporativ boshqaruv darajasi va investitsiyaviy jozibadorligi oshishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, yangi loyihani mazkur jamiyatlarda qo‘llash orqali to‘plangan tajribadan boshqa ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar korrupsiyaga qarshi kurashning umumiy yo‘nalishini shakllantirish uchun foydalanishi mumkin.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar