ATK vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ deb belgilandi

ATK vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ deb belgilandi

“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Shuningdek, vazirlik axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning loyihalari va texnik hujjatlari hamda qonun hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazadi.

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyasini joriy etish bo‘yicha vakolatlar saqlab qolinadi.

Vazirlik huzurida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” hamda “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalari tashkil etildi va ularning asosiy vazifalari belgilandi.

Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar