Kimlarga un va qolipli non xarid qilish uchun oylik kompensatsiya to‘lanadi?

Kimlarga un va qolipli non xarid qilish uchun oylik kompensatsiya to‘lanadi?

Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida quyidagilarga un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun 50 000 so‘m miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanishi keltirilgan:

  • yoshga doir va nogironligi bo‘yicha nafaqa oluvchilar;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga) oluvchilar;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslar;
  • 16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar;
  • 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar;
  • belgilangan eng kam yoshga doir pensiyaning miqdoridan kam pensiya oluvchilar;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishi uchun tayinlangan nafaqa oluvchilar;
  • moddiy yordam oluvchi oilalar;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun tayinlangan nafaqani oluvchi oilalar;
  • belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdorida pensiya oluvchilar.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar