2023 yil yanvar-dekabr oylarida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 33,3 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 105,0% ni tashkil etdi.
YaHM tarkibida qishloq, xo‘jaligi ulushi 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,8 punktga kamaygan bo‘lsada (49,2%) respublikadagi eng yuqori darajada qolmoqda.
YaHM da sanoat ulushi 16,9% (+3,1), qurilish ishlari ulushi 5,2% (-0,3), xizmatlar ulushi 28,7% ni tashkil etdi.
Ayrim sohalarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 107,4% (1-o‘rin), iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 182,2% (1-o‘rin), asosiy kapitalga investitsiyalar 148,8% (1-o‘rin) o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligida (18 490 ming.so‘m) 2-o‘rin, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda (7 223 ming.so‘m) 4-o‘rin va asosiy kapitalga investitsiyalarda (11 138 ming.so‘m) 6-o‘rinda.
Viloyatda hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori 3 471,1 ming so‘mni tashkil etdi. (Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 1080 ming so‘mga kam, 9-o‘rin).
Joriy yilda 4 424 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etildi. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlari soni 26 996 tani tashkil etib, ularning atigi 67% yoki 16 677 tasi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’yektlarining 33,4% savdo, 20% qishloq xo‘jaligi, 15,3% sanoat, 9,1 % qurilish 28% xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatishmoqda. Kichik biznes sub’yektlarining YaHMdagi ulushi 73,7%, sanoatda 24,4%, qishloq xo‘jaligida 97%, investitsiyalarda 70,3% ni tashkil etdi.
Viloyatda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 172 tani tashkil etib, yil davomida ular soni 56 ta yoki 24,5% ga qisqardi. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning 58% sanoat, 12,8% qishloq xo‘jaligi, 11% savdo, 5,8% qurilish sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Изоҳ қолдириш