2020 yilning 6 oyida jismoniy shaxslar tomonidan qancha dollar sotildi va sotib olindi?

2020 yilning 6 oyida jismoniy shaxslar tomonidan qancha dollar sotildi va sotib olindi?

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 50 foizga yoki 842 mln. dollarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 2 mlrd. dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida - 686 mln. doll.).

Natijada ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo (sof taklif) 501 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 489 mln. dollarga (yoki 49 foizga) kamaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar