Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar haqida xabar tarqatdi

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar haqida xabar tarqatdi

Misrning “Al-Xabar al-youm” («Kun xabari») gazetasi o‘z o‘quvchilarini muntazam ravishda O‘zbekistonning milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlari bilan tanishtirishni davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Navbatdagi maqolada O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Kimyoviy, biologik, radiologik va yadro materiallari bilan bog‘liq xavflarni yumshatish bo‘yicha ilg‘or tajriba markazining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy kotibiyati, Virusologiya instituti, Yevropa Ittifoqi, Bundesver Mikrobiologiya instituti (Germaniya), Xalqaro fan va texnika markazi (Qozog‘iston), boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek Markaziy Osiyodagi hamkor davlatlarning milliy muvofiqlashtiruvchilari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan videokonferensiya haqida so‘z yuritiladi.

Onlayn konferensiya Yevropa Ittifoqining «Milliy qonunchilik bazasini mustahkamlash va Markaziy Osiyo mamlakatlarida biologik himoya va biologik xavfsizlik bo‘yicha maxsus treninglar o‘tkazish» loyihasi doirasida o‘tkazilgan.

Tomonlar ikkita ko‘chma lobaratoriyani yetkazib berish bilan bog‘liq masalalarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Covid-19 qarshi kurashish tajribasini muhokama qildi, deb yozadi nashr.

Xabar qilinishicha, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning sherik mamlakatlarida koronavirusga qarshi kurash uchun 700 ming yevro miqdorida mablag‘ ajratgan.

Tadbir yakunida ishtirokchilar ushbu loyihani erta amalga oshirish doirasida faol ishlarni davom ettirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi.

Mazkur gazetada nashr etilgan navbatdagi materialda O‘zbekiston hukumati tomonidan Covid-19 pandemiyasining oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida «Yuksalish» milliy harakati mutaxassislari tayyorlagan ma’lumotlar keltirilgan.

«Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy etilgan chora-tadbirlarning umumiy qiymati 2020 yil 9 iyul holatiga 62,593 milliard so‘mni (6,13 milliard dollardan ko‘proq) tashkil etgan», deb yozadi “Al-Xabar al-youm”.

Fuqarolarni ish bilan ta’minlashni rag‘batlantirish, ishchilarning ish haqi va daromadlarini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar yuqori baholanmoqda. Xabar qilinishicha, pandemiya davrida respublikada 374 ming fuqaroning bandligi va doimiy daromadlari ta’minlandi. Buning uchun, shuningdek, jamoat ishlari fondidan pul mablag‘lari va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratildi.

Umuman olganda, mamlakatda yordamga muhtoj 583 ming oila aniqlandi. «Sahovat va ko‘mak» milliy harakati orqali ularga 307 milliard so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar