“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida Samarqand davlat universiteti jamoasi ham faollik ko‘rsatmoqda

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida Samarqand davlat universiteti jamoasi ham faollik ko‘rsatmoqda

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida Samarqand davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Universitet tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar evaziga ishlab topilgan mablag‘lar hisobidan Samarqand shahridagi yigirmadan ziyod mahallalarda istiqomat qiluvchi o‘nlab kam ta’minlangan, betob bo‘lib yotib qolgan, qarovchisini yo‘qotgan oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Mehr-muruvvat tadbiri shahardagi Maqsud Shayxzoda nomidagi, Ziyokorlar, Orzu, Nurli yo‘l, Baraka, Oltin Asr, Temiryo‘lchi, Tutzor, Farobiy nomidagi, Rahmatobod, Ali Qushchi nomidagi, Adolat, Beruniy nomidagi, Mevazor singari MFY lari hududlarida yashovchi iqtisodiy nochor, moddiy yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Bunday oilalarning har biriga pul mablag‘i hamda zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlangan qutilar tarqatildi.

Bu ishlar bugungi kun talabiga qat’iy rioya qilingan holda, sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda.

Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining bir guruh faollari va yetakchilari esa viloyatning Oqdaryo tumanidagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisi nogiron bo‘lgan, boquvchisi yo‘q 15 nafar oila ahvolidan xabar olib, ro‘zg‘orlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatishdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar