“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi

“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi

15 iyun kuni “Xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini ta’minlash uchun sotishdan oldin tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish va salohiyatli investorlarga sotish orqali xususiylashtirishning muvaffaqiyatli natijalarini ta’minlash bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Kompaniyaning ustav kapitali Agentlik huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi hisobidan 20,0 mlrd so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari hamda tegishli korxonalarning davlat aksiya paketlari (ulushlari) nominal qiymatida berish hisobiga shakllantiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar