O‘zbekistonda yagona transport kartasi joriy etildi

O‘zbekistonda yagona transport kartasi joriy etildi

NFC texnologiyali kontaktsiz to‘lov qilish mumkin bo‘lgan bunday kartalarni keyinchalik butun O‘zbekistonda ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Loyihani Transport vazirligi nazorati ostida ATTO kompaniyasi, UzCard va Aloqabank amalga oshirdi. Transport kartangizga pul tashlaysiz va undan soatbay, kunbay tariflari bilan shahar transportidan foydalanasiz. Ushbu kartalardan tez kunlarda metroda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

To‘lov hozircha avtobus konduktorlariga beriladigan NFC kontaksiz terminallari orqali keyinchalik esa salonga o‘rnatiladigan maxsus platformalarda amalga oshiriladi. Bunda kartani shunchaki terminalga yaqinlashtirsangiz bo‘ldi. NFC tizimi avtomatik ravishda zarur mablag‘ni kontaktsiz kartadan yechib oladi.

Loyiha qiymati 12 million dollarni tashkil qiladi. Bunda asosiy investor UzCard — 6 million dollar, Aloqabank — 3 million va Transport vazirligi — 3 million dollar mablag‘ ajratgan.

Loyihaning kirib kelishi O‘zbekiston jamoat transporti tizimida sezilarli islohotlarga olib kelishi kutilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar