O‘zbekistonda organik bozor va restoranlar ochiladi

O‘zbekistonda organik bozor va restoranlar ochiladi

Ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini oshirish va tashqi bozorda «o‘zbek sifati» belgisini mustahkamlash choralari ko‘riladi. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent, Qo‘qon, Marg‘ilon, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida agroekoturizm jozibadorligini yanada oshirish uchun organik bozorlar va restoranlar tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, organik mahsulot ishlab chiqarishga o‘tkazilayotgan ekin turlarini yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda organik sertifikatlangan har bir gektar yer uchastkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobarigacha miqdorda davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi.

Shuningdek, birinchi navbatda biomahsulotlarni hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan biologik o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning organik vositalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlarga tannarxning 50 foizi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Farmon bilan, Yevropa Ittifoqi bilan savdo faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturlari rejasini ishlab chiqish ham belgilanmoqda.

Manba: xabar.uz

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar