Yengil avtomobillar misolida import qilinadigan transport vositalari narxi qanchaga o‘zgarishini Norma ekspertlari ma’lum qildi.
Deylik, hajmi 1000 kub sm.dan ortiq bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi — 6000 dollar.
2020 yil 1 avgustga qadar:
- Bojxona to‘lovi — 3240$ (avtomobil o‘rtacha narxining 54%i);
- Aksiz solig‘i — 1920$ (avtomobil o‘rtacha narxining 32%i);
- QQS — 1674$ (avtomobil o‘rtacha narxining, bojxona to‘lovi va aksizning 15%i);
- Bojxona yig‘imi — 25$
- Utilizatsiya yig‘imi — 0.
Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 6859$ bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 12 859 dollarni tashkil qiladi.
2020 yil 1 avgustdan keyin:
Bojxona to‘lovi — 3240$ (avtomobil o‘rtacha narxining 54%i);
Aksiz solig‘i — 0;
QQS — 1386$ (avtomobil o‘rtacha narxining, bojxona to‘lovi va aksizning 15%i);
Bojxona yig‘imi — 25$
Utilizatsiya yig‘imi — 659$ (BHMning 30 baravari dollarda).
Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 5310$ bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 11130 dollarni tashkil qiladi. Farq — 1549$.
Shu bilan birga, hajmi 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi 30000 dollar. 1 avgustdan uning narxi 6740 dollarga arzonlashadi.
Shunday qilib, 1000 kub sm.gacha bo‘lgan hajmli dvigatelga ega avtomobillar narxi 12%ga, 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan hajmli dvigatelga ega avtomobil narxi esa 10%ga arzonlaydi, deb xulosa qiladi Norma ekspertlari.
Izoh qoldirish