14 noyabrdan xususiy bandlik agentliklari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar joriy etildi

14 noyabrdan xususiy bandlik agentliklari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar joriy etildi

AOKAdagi matbuot anjumanida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Muhammadzokir Mamatxonovning ma’lum qilishicha, «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun qabul qilingan. Natijada joriy yilning 14 noyabridan xususiy bandlik agentliklari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar joriy etildi:

  • endilikda O‘zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslardan xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar uchun haq olish taqiqlandi. Bu xizmatlar uchun haq xorijiy ish beruvchi tomonidan to‘lab beriladi;
  • har bir xizmat ko‘rsatish shartnomasini xususiy bandlik agentliklari «labormigration.uz» dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi;
  • fuqarolarni ishga joylashtirish sohasida ko‘rsatiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmasligi belgilab qo‘yildi.

Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan bugungi kunda bir qator xususiy bandlik agentliklari ham litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha murojaat qilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar