200 va 500 so‘mlik kupyuralarni almashtirish muddati uzaytirildi

200 va 500 so‘mlik kupyuralarni almashtirish muddati uzaytirildi

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab 200 va 500 so‘mlik kupyuralar to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotgani haqida ma’lum qilingan edi. Shuningdek, ushbu kupyuralar 1 iyulga qadar barcha tijorat banklari bo‘linmalari tomonidan qabul qilinishi va muomaladagi pulga almashtirib berilishi belgilangan.

Markaziy bank mamlakatda kuzatilayotgan koronavirusga qarshi kurash va karantin tartiblarining e’lon qilinishi holatlarini inobatga olgan holda, barcha tijorat banklariga 2020 yil 1 sentyabrga qadar ushbu kupyuralarni aholi va o‘z mijozlaridan qabul qilib olishga hamda boshqa muomaladagi kupyura yoki tangalarga almashtirib berishga ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, MBning hududiy Bosh boshqarma boshliqlaridan ular tomonidan qabul qilingan 200 va 500 so‘mlik kupyuralar to‘liq Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlariga jo‘natish so‘ralgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar