2020 yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 6,1 trln. so‘m imtiyozli kredit ajratilgan

2020 yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 6,1 trln. so‘m imtiyozli kredit ajratilgan

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2020 yilda 214 mingdan ortiq loyihaga jami 6,1 trln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning 2 trln. 479 mlrd. so‘mi (41 foizi) yuridik shaxslar va YaTTlarga, 3 trln. 599 mlrd. so‘mi (59 foizi) o‘zini o‘zi band qiluvchi jismoniy shaxslarga ajratilgan. Bunda asosiy e’tibor aholini qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lishiga hamda kafolatlangan yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirishga qaratildi.

Ushbu kreditlarning 78 foizi (4,8 trln. so‘mi) “Har bir oila – tadbirkor” dasturi, 22 foizi (1,3 trln. so‘mi) boshqa dasturlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur mablag‘larning 1 trln. 620 mlrd. so‘mi xotin-qizlar tadbirkorligini, 1 trln. 840 mlrd. so‘mi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ajratilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar