2021 yil I choragida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari 2021 yil I choragida tijorat banklari tomonidan aholiga umumiy qiymati 1 578,3 mlrd. so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilib, mazkur kreditlarning 455,5 mlrd. so‘mi (jami ajratilgan ipoteka kreditlarining 28,8 foizi) Toshkent shahri, 144,5 mlrd. so‘mi (9,1 foizi) Andijon, 127,9 mlrd. so‘mi (8,1 foizi) Farg‘ona va 122,9 mlrd. so‘mi (7,8 foizi) Surxondaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Markaziy bank 2020 yil va 2021 yil I choragi uchun Ipoteka kreditlari tahlilini taqdim etdi.
2021 yil 1 aprel holatiga ipoteka kreditlari soni 243 ming nafardan oshib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 18 foizga (36,9 mingtaga), ipoteka kreditlari qoldig‘i esa 29,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1 trln so‘mga (31,8 foizga) oshdi.
2021 yil 1 aprel holatiga jami kreditlar qoldig‘i 283,4 trln. so‘mni tashkil etib, ipoteka kreditlarining jami kredit qoldig‘idagi ulushi 10,4 foizga teng bo‘ldi.
Hududlar kesimida, Toshkent shahrida ipoteka kreditlari qoldig‘i 6,2 trln. so‘mni (hududning jami kredit qoldig‘idagi ulushi 4,6 foiz), Samarqandda 2,7 trln. so‘m (17,7 foiz), Toshkent viloyatida 2,4 trln. so‘m (13,6 foiz), Qashqadaryoda 2,3 trln. so‘m (20,6 foiz), Surxondaryoda 2,0 trln. so‘mni (17,7 foiz) tashkil etdi.
Tijorat banklari kesimida, ushbu ko‘rsatkich Qishloq qurilish bankda 49,0 foizni (2020 yilning mos davriga nisbatan 3,5 foizga kamaygan), Ipoteka-bankda 37,2 foizni (+ 5,8 foiz), Asakabankda 8,7 foizni (-0,8 foiz), Xalq bankida 7,5 foizni (-0,3 foiz), O‘zsanoatqurilishbankda 7,3 foizni (+0,4 foiz) va boshqa tijorat banklarida o‘rtacha 0,9 foizni tashkil etmoqda.
Joriy yil I choragida ajratilgan ipoteka kreditlarining 24 foizi (378,7 mlrd. so‘m) 18-30 yoshgacha, 71 foizi (1121,0 mlrd. so‘m) 31-50 yoshgacha, 5 foizi (79,0 mlrd. so‘m) esa 50 yoshdan yuqori fuqarolarga ajratilgan.
Shuningdek, ipoteka kreditlarining 1 350,0 mlrd. so‘mi (jami ajratilgan kreditlarning 86 foizi) birlamchi bozordagi uylarni (jumladan, 787,4 mlrd. so‘mi yangi tartib doirasida ajratilgan hamda 378,7 mlrd. so‘mi “Qishloq qurilish invest” IK hamda “O‘zshahar qurilish invest” IK tomonidan qurilgan uylarga), 228,4 mlrd. so‘mi esa ikkilamchi bozordagi uylarni sotib olish uchun ajratilgan.
2021 yil 1 aprel holatiga ajratilgan ipoteka kreditlari qoldig‘ining 30,9 foizi (9,0 trln. so‘m) Ipoteka bank, 23,8 foizi (6,9 trln. so‘m) Qishloqqurilishbank, 11,6 foizi (3,4 trln so‘m) Milliybank, 10,5 foizi (3,0 trln. so‘m) Asakabank, 9,8 foizi (2,8 trln. so‘m) O‘zsanoatqurilishbank, 5,0 foizi (1,5 trln. so‘m) Xalq banki hamda 8,5 foizi (2,5 trln. so‘m) boshqa tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Joriy yil 1 aprel holatiga mavjud 29,4 trln. so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari qoldig‘ining 38,5 mlrd. so‘mi (jami ipoteka krediti qoldig‘ining 0,1 foizi) 5 yil, 115,6 mlrd. so‘mi (0,4 foizi) 7 yil, 1 214,6 mlrd. so‘mi (4,1 foizi) 10 yil, 4 460,1 mlrd. so‘mi (15,2 foizi) 15 yil, 23 560,7 mlrd. so‘mi (80,2 foizi) 20 yilgacha ajratilgan ipoteka kreditlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh qoldirish