2021 yil Ramazon hayiti namozining vaqti ma’lum bo‘ldi

2021 yil Ramazon hayiti namozining vaqti ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi joriy 2021 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr)ning birinchi kuni 13 may (shavvol oyi 1 kuni) payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risidagi qarorini qabul qildi.

Shunga ko‘ra, 2021 yil 13 may payshanba kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:30 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 13 may (Ramazon hayiti), 14–15 may (qo‘shimcha dam olish kunlari) ishlanmaydigan kunlar sifatida belgilandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar