Qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida 4 kun dam oladi.
Prezident tomonidan imzolangan hujjatlar bilan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilandi.
13 may (Ramazon hayiti), 14–15 may (qo‘shimcha dam olish kunlari) ishlanmaydigan kunlar sifatida qayd etildi.
Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tkaziladi.
Qurbon hayiti munosabati bilan 20-22 iyul dam olish kunlari sifatida belgilandi (17 iyul va 24 iyul uchun dam olish kunlari ko‘chiriladi).
Shuningdek, 31 dekabr ham qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Izoh qoldirish