2021 yil yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 108,2 trln. so‘m(10,30 mlrd dollar)ni tashkil etgani holda, 2020 yilning mos davriga nisbatan 23,2 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bankning naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharhida keltirilgan.
Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 55,3 trln. so‘mni, o‘z navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 52,9 trln. so‘mni tashkil etdi.
1-rasm Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi
(2019 – 2021 yillar yanvar-mart oylarida)
Joriy yilning yanvar-mart oylarida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 21,2 foizga oshishi kuzatilgan bo‘lsa, mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 6,7 trln. so‘mga (1,6 barobar) o‘sishi hisobiga yuzaga keldi.
2-rasm Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo‘yicha tarkibiy dinamikasi
(2019 – 2021 yillar yanvar-mart oylarida)
2021 yil yanvar-mart oylarida bank kartalariga qariyb 56 trln.so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 18,4 trln. so‘mlik (32,9 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
3-rasm Bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar va ularni naqdlashtirish hajmlari dinamikasi
(2019 – 2021 yillar yanvar-mart oylarida)
Izoh qoldirish