2021 yilda qancha yangi ish o‘rni yaratilgani ma’lum qilindi

2021 yilda qancha yangi ish o‘rni yaratilgani ma’lum qilindi

Mutasaddi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari va hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan, 2021 yilning 12 oy davomida 468,1 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan.

Jumladan,

— tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 19,6 mingta;

— hududiy investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish hisobiga 193,3 mingta;

— ijtimoiy soha ob’yektlarini ishga tushirish hisobiga 9,5 mingta doimiy ish o‘rni yaratilgan;

— yuridik shaxs tashkil etgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 152,4 mingta ish o‘rinlarini tashkil etilgan;

— yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 111 mingta ish o‘rinlari yaratilgan.

O‘tgan yilning 12 oyi mobaynida mehnat organlari tomonidan 879 mingdan ziyod ish bilan band bo‘lmaganlarga bandlik xizmatlari ko‘rsatilgan.

Jumladan:

1) 393,8 ming nafar ishsiz, fuqarolar mehnat organlari yo‘llanmalari asosida davlat dasturi doirasida yaratilayotgan va bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishiga ko‘maklashildi.

Shuningdek, 70,3 ming ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar band qilib qo‘yilgan kvota ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi.

2) 234,2 ming band bo‘lmagan aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. Hududlarni obodonlashtirish va qurilishda 192,4 ming, qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida 19,4 ming va boshqa yo‘nalishlarda 22,4 ming fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi. Buning natijasida, majburiy mehnatga jalb qilish, o‘tgan yilning shu davriga nisbatn 2,3 barobarga kamaydi.

3) 115,4 ming nafar (shundan, yoshlar 62,8 ming, ayollar 78,9 ming) ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishga jalb etildi.

4) 37,4 ming nafar ishsiz, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslarga 83,1 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.

2021 yilda subsidiyalar qo‘yidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ajratildi:

- Tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikka o‘qish va sug‘urta polisi uchun 5 534 nafar fuqarolarga 2 279,4 mln. so‘m;

- Tadbirkorlik faoliyati uchun asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 559 kishiga 1 645,4 mln.so‘m;

-“Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun 688 kishiga 468,0 mln.so‘m;

- Korxonalar va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 715 nafar xodimni mehnat organlari yo‘llanmasi asosida qabul qilgan korxonalarga xodimlarni malakasini oshirish maqsadida 3 230,4 mln.so‘m;

- 334 nafar ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni kvotadan ortiq ishga qabul qilgan ish beruvchilarga 626,3 mln.so‘m;

- Ish o‘rinlari va sharoitlarini 21 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun 226,0 mln so‘m;

- Shaxsiy va dala tomorqasida issiqxona, ekishga urug‘lar va ko‘chatlar hamda sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun 18 608 ta oilalarga 52,8 mlrd.so‘m yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rgangan holda, joylarda 228 ta kooperativlar tashkil qilindi.

Kooperativlarning 122 tasi tikuvchilik yo‘nalishida, 23 tasi meva-sabzavotchilik yo‘nalishida, 20 tasi parrandachilik yo‘nalishida, 15 ta quyonchilik yo‘nalishida, 17 tasi hunarmandchilik yo‘nalishida, 11 tasi uzumchilik yo‘nalishida, 9 tasi asalarichilik yo‘nalishida, 5 tasi baliqchilik yo‘nalishida, 6 tasi boshqa yo‘nalishlarda tashkil etildi.

Kooperativlarga 9 876 nafar ishsizlar biriktirildi va ularga kooperativlarning ustav fondiga a’zolik ulushi sifatida 21,8 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari o‘tkazib berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar