Jizzax viloyatida 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar

Jizzax viloyatida 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar

Viloyatda 2017-2021 yillarda 13 815 mlrd.so‘mlik 3 590 ta loyihalar, shundan sanoat yo‘nalishida 782 ta, xizmatlar sohasida 1 533 ta, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 1 275 ta loyihalar ishga tushirilib 31 335 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

O‘tgan 5 yil davomida loyihalar soni kamayganligi kuzatilsada, ularning sifati oshib bordi. Jumladan, 2017 yilda 1 ta loyiha o‘rtacha qiymati 583,5 mln.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda 9 215 mln.so‘mni tashkil etdi. 2017 yilda bitta loyiha doirasi 4,8 ta ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lsa, 2018 yilda 15,2 ta, 2019 yilda 15,5 ta, 2020 yilda 13 ta, 2021 yilda 8,2 ta yangi ish o‘rinlari o‘rinlari yaratildi.

Jami investitsiyalarning 70,9% sanoat, 13,5% qishloq xo‘jaligi va 15,6% xizmat sohalariga yo‘naltirildi. Natijada viloyat YaHM o‘tgan 5 yilda (2021 yil uchun kutilish) 1,2 barobarga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,7 barobarga, xizmatlar hajmi 2,1 barobarga, qishloq xo‘jaligi hajmi 1,2 barobarga oshdi.

Foydalanishga topshirilgan yirik va ahamiyatli investitsiya loyihalari: Jizzax shahridagi "Mingyuan Silu Industry" MChJ QK tomonidan qiymati 232 mlrd. so‘m bo‘lgan oyna ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida 210 nafar yangi ish o‘rinlari, 1,4 mln.dollarlik eksport hamda 8,1 mlrd.so‘mlik byudjet tushumlari, "Jizzax tekstil" MChJ tomonidan qiymati 214,1 mlrd.so‘m bo‘lgan pnevmomexanik ip kalava ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida 133 ta yangi ish o‘rinlari, 19,7 mln.dollarlik eksport hamda 12,0 mlrd.so‘mlik byudjet tushimlari yaratilgan.

Arnasoy tumanidagi "Arnasoy Gold Teks" MChJ tomonidan qiymati 114,3 mlrd.so‘m bo‘lgan mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida 768 ta yangi ish o‘rinlari, 1,9 mln.dollarlik eksport hamda 2,7 mlrd.so‘mlik byudjet tushumlari yaratilgan.

G‘allaorol tumanidagi "G‘allaorol kaliy fosfat" MChJ tomonidan qiymati 600 mlrd.so‘m bo‘lgan kaliy sulfat mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasida 100 nafar yangi ish o‘rinlari, 2,2 mln.dollarlik eksport hamda byudjetga 1,5 mlrd.so‘mlik tushum, "ADM Jizzakh" MChJ tomonidan qiymati 997,8 mlrd.so‘m bo‘lgan avtomobil ishlab chikarishni tashkil etish (1-bosqich) loyihasida 260 nafar yangi ish o‘rinlari, hamda byudjetga 90,0 mlrd.so‘mlik tushum quvvatlari yaratilgan.

Zafarobod tumanidagi "Huaxin Cement Jizzakh" MChJ tomonidan qiymati 1,3 trln.so‘m bo‘lgan sement ishlab chiqarish tashkil etish loyihasida 340 ta yangi ish o‘rinlari, hamda byudjetga 50 mlrd.so‘mlik tushum quvvatlari yaratilgan.

Paxtakor tumanidagi “Paxtakor teks” MChJ tomonidan qiymati 184,6 mlrd.so‘m ip kalava ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida 400 ta yangi ish o‘rinlari, 13,4 mln.dollarlik eksport hamda byudjetga 9,0 mlrd.so‘mlik tushum quvvatlari yaratilgan.

2021 yildagi amalga oshirilgan loyihalar

Jizzax viloyatida 2021 yilda davomida qiymati 5 206 mlrd.so‘mlik sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi 565 ta loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, sanoat sohasida 4 074 mlrd.so‘mlik 104 ta, xizmatlar sohasida 406,1 mlrd.so‘mlik 259 ta hamda qishloq xo‘jaligi sohasida 725,8 mlrd.so‘mlik 202 ta loyihalar amalga oshirilib 4 661 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2021 yilda amalga oshirilgan yirik loyihalar: Jizzax shahridagi “Jizzax KenTeks” MChJ korxonasi tomonidan umumiy qiymati 266,4 mlrd.so‘mlik, yiliga 10 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasini joriy yilda ishga tushirilishi natijasida 460 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Zomin tumanidagi “Mountain Blue Resort” MChJ tomonidan umumiy qiymati 41,1 mlrd. so‘mlik mexmonxona xizmatini tashkil etish loyihasi 2022 yilning avgust oyida ishga tushirilishi natijasida yiliga 6 ta oilaviy hamda 33 ta standart o‘rinli xizmat ko‘rsatish quvvati tashkil etilib, 45 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Forish tumanida “Basalt Thermo” MChJ tomonidan joriy yilning dekabr oyida umumiy qiymati 1,1 trln.so‘mlik bazalt tolasi va undan turli qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etilishi va 205 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Yangiobod tumanida “GRAPPA” MChJ tomonidan joriy yilning dekabr oyiga qadar qiymati 31,5 mlrd.so‘mlik uzumchilikni tashkil etish loyihasi ishga tushirilishi natijasida 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Jami investitsiyalarning 78,3% sanoat, 13,9% qishloq xo‘jaligi va 7,8% xizmat sohalariga yo‘naltirildi.

Aholi jon boshiga hududiy investitsiya dasturlari doirasida markazlashmagan investitsiyalar Forish tumanida 32,5 mln.so‘m, Jizzax shahrida 3,9 mln.so‘mni, Mirzacho‘l tumanida 3,5 mln.so‘mni tashkil etdi.

2021 yilda 209,6 mln.doll. qiymatidagi xorijiy kreditlar va 36,9 mln.doll. qiymatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Jami xorijiy investitsilarning 54,2% (20,0 mln.doll.) Zarbdor tumanidagi "Jizzax Organik" MChJning “Chorvachilik kompleksini tashkil etish” loyihasida o‘zlashtirildi. (Delmor Ltd, China).

2022 yilda amalga oshirilayotgan loyihalar

Jizzax viloyatida 2022 yilda umumiy qiymati 8,6 trln.so‘m bo‘lgan (2021 yilga nisbatan o‘sish–165,3%) 310 ta loyihalar ishga tushirilishi va 9 078 ta (195%) yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Jumladan:

- Sanoat sohasida 7,3 trln.so‘mlik (180,5%) 92 ta loyihada 5 747 nafar (238%);

- Xizmat ko‘rsatishda 693,3 mlrd.so‘mlik (170,7%) 124 ta loyihada 1 606 nafar (138%);

- Qishloq xo‘jaligida 559,0 mlrd.so‘mlik (77,0%) 94 ta loyihada 1 725 nafar (140,3%) yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bularga misol qilib, Jizzax shahridagi “Master acqua system” MChJ QK tomonidan 126,7 mlrd.so‘mlik isitish radiatorlari va smesitelar ishlab chiqarishni tashkil etish, Forish tumanidagi "DIABAZ MINERAL WOOL" MChJ tomonidan 1,7 trln.so‘mlik bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish, Zomin tumanida TIF "Milliy bank" AJ tomonidan 141,7 mlrd.so‘mlik osma yo‘l tashkil etish loyihalarini olishimiz mumkin.

Loyihalarning 27,6% (2,4 trl.so‘m) o‘z mablag‘i, 10,6% (913 mlrd.so‘m) bank kreditlari, 3,6% (312 mlrd.so‘m) xorijiy kredit liniyalari va 58,1% (5 trln.so‘m) xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 55,9% (258,8 mln. AQSh. doll) Turkiya respublikasi, 7,2% (32,9 mln.AQSh. doll) Rossiya, 4,9% (22,3 mln. AQSh. doll) Buyuk Britaniya qo‘shma qirolligi, 0,9% (4,0 mln. AQSh. doll) XXR, 0,7% (3,0 mln. AQSh. doll) Eron Islom Respublikasidan jalb etiladi, Qiymati 138,2 mln.AQSh dollar bo‘lgan 2 ta loyiha yuzasidan investorlar bilan muzokara olib borilmoqda. Bank kreditlarining 45,7% O‘zmilliy bank, 25,1% Asaka bank, 8,8% Qishloq qurilish bank, 7,4% Xalq banki, 3,6% Ipoteka bank, 3% Mikrokreditbank tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi Xujakulov Ulug‘bek


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar