Infografika: 2022 yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyati iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari tahlili

Infografika: 2022 yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyati iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari tahlili

2022 yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra viloyat iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari yuqori o‘sish sur’atlariga erishdi.

Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 18,7 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 104,6%ni tashkil etdi. YaHM tarkibida qishloq, xo‘jaligi ulushi 2021 yilning mos davriga nisbatan 2,8 punktga kamaygan bo‘lsada (49,7%) respublikadagi eng yuqori darajada qolmoqda.

YaHMda sanoat ulushi 14% (+2,4), qurilish ishlari ulushi 6,1% (-0,4), xizmatlar ulushi 30,2% (+0,8), tashkil etdi.

Ayrim sohalarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari 148,5% (2-o‘rin), chakana savdo aylanmasi 113,3% (3-o‘rin), sanoat 107,5% (6-o‘rin), xizmatlar 114,7% (6-o‘rin)ni tashkil etdi.

Barcha sohalarda o‘sish sur’atlari qayd etilsada, viloyat salohiyatidan to‘laqonli foydalanilmayapti, viloyatning respublika iqtisodiyotidagi ulushi hamda aholi jon boshiga ko‘rsatkichlari respublika o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ortda qolmoqda.

Jumladan, viloyatning iste’mol mollari ishlab chiqarishdagi ulushi bo‘yicha 9-o‘rin (2,8%), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda 10-o‘rin (6,3%), asosiy kapitalga investitsiyalarda (3,9%) va chakana savdo aylanmasida (3,6%) 12-o‘rin, YaHM (3%), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (2%), qurilish ishlari (2,7%) va xizmatlar (2,3%)da 13-o‘rin hamda ekportda (1,1%) 14-o‘rinda.

Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasida (5 322 ming.so‘m) 5-o‘rin, YaHM (12 885 ming.so‘m) va asosiy kapitalga investitsiyalarda (5 140 ming.so‘m) 6-o‘rin, importda ($248) 7-o‘rin, qurilish ishlari (1 472 ming.so‘m) va xizmatlarda (4 016 ming.so‘m) 8-o‘rin, sanoatda (5 431 ming.so‘m) 10-o‘rin va eksportda ($102) 12-o‘rinda.

Xo‘jaqulov Ulug‘bek Suvonqulovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar