Infografika: 2022 yil yakunlarida Jizzax viloyatida kichik biznes sub’yektlari faoliyati

Infografika: 2022 yil yakunlarida Jizzax viloyatida kichik biznes sub’yektlari faoliyati

2022 yil yanvar-dekabr oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning 78,4% (2021 yil yanvar-dekabrida 81,2%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.

Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 195,5 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 46,3% ini tashkil etdi.

2022 yil yanvar-dekabr oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Baxmal, Mirzacho‘l, Zafarobod, Paxtakor va Yangiobod tumanlarida – 100,0%, Forish tumanida - 68,7%, kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Do‘stlik tumanida – 6,2%ni tashkil etdi.

Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 335,7 mln AQSh dollarini yoki umumiy importning 84,4%ini tashkil etdi.

Shuningdek, ushbu davrda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Baxmal, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida – 100,0%, G‘allaorol – 99,8%, Sharof Rashidov va Forish tumanlarida – 99,4%ni tashkil etdi.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:

- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 5 446,8 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 48,9%i) yoki 2021 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 62,6%ni tashkil qildi;

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi G‘allaorol (2 069,3 mlrd. so‘m), Jizzax shahar (1 240,0 mlrd. so‘m), Forish (490,3 mlrd. so‘m), Paxtakor (381,1 mlrd. so‘m), tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- 3 227,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 94,1%i) bajarildi va 2021 yilga nisbatan 106,8%ga ko‘paydi;

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Jizzax shahar (1 220,8 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (590,9 mlrd. so‘m), Zomin (301,1 mlrd. so‘m), G‘allaorol (194,7 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 7 958,4 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 70,1%ni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 110,5%ga o‘sishi kuzatildi.

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p savdo tovar aylanmasi hajmi Jizzax shahar (1 909,9 mlrd. so‘m), Baxmal (1 392,2 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (1 263,6 mlrd. so‘m), Zomin (975,9 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- avtomobil transporti yuk aylanmasining 6,1%ga (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 97,6%i), yo‘lovchi aylanmasining esa 3,1%ga (umumiy yo‘lovchi aylanmasining 97,3%i) ko‘payishi ta’minlandi;

- 4 763,4 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 59,7%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2021-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 110,9%ni tashkil qilgan.

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Jizzax shahar (1 183,8 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (892,9 mlrd. so‘m), G‘allaorol (523,8 mlrd. so‘m) va Zomin (476,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Elyor Pulatov,
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi,
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar