Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni 2022 yil yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 896,6 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 ming kishiga yoki 102%ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 386,3 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 43,1%), qishloq aholisi soni 510,3 ming kishi (56,9%)ni tashkil etdi.
Viloyat hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2022 yil yanvar-dekabr holatiga eng ko‘p aholi soni Boyovut tumanida 135,2 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 15,1%ni) va Sirdaryo tumanida 134,7 ming kishini (15%), aksincha eng kam aholi soni Shirin shahrida 19,3 ming kishini (2,2%) va Yangiyer shahrida 46,8 ming kishi (5,2%)ni tashkil etdi.
Qayd etilgan nikohlar soni 7,7 mingta, har 1000 aholiga nikoh koeffitsiyenti 8,7 promilleni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan minus 0,6 promillega kamaygan. Ajrimlar soni 1,8 mingta, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 2,0 promilleni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 0,4 promillega oshdi.
Eng ko‘p ajrimlar Guliston shahrida 341 ta va Sirdaryo tumanida 264 ta, aksincha eng kam ajrimlar Shirin shahrida 49 ta va Sardoba tumanida 95 tani tashkil etdi.
Har ming kishiga ajralishlar koeffitsiyenti bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Guliston shahrida (3,5) va Yangiyer shahrida (3,0), eng past ko‘rsatkichlar Mirzaobod (1,3), Sayxunobod hamda Sardoba (1,4) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Tug‘ilgan chaqaloqlar soni 23,3 ming bola, shundan eng ko‘p tug‘ilishlar Guliston shahrida 7 058 (har ming kishiga tug‘ilish koeffitsiyenti – 73,0 promille) va Sirdaryo tumanida 3 232 (24,2), aksincha eng kam tug‘ilishlar Shirin shahrida 348 (18,2) va Oqoltin tumanida 1 192 (21,9)ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish