2022 yil yanvar-sentyabr oylarida Jizzax viloyatida kichik biznes sub’yektlari faoliyati tahlili

2022 yil yanvar-sentyabr oylarida Jizzax viloyatida kichik biznes sub’yektlari faoliyati tahlili

2022 yilning 1 oktyabr holatiga Jizzax viloyatida ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 23 786 tani (+111,6%) tashkil qildi. Shundan faoliyat olib borayotganlari soni 21 918 tani (+108,1%) tashkil qildi.

2022 yil yanvar-sentyabr oylari davomida YaHMning 79,4% (2021 yil yanvar-sentyabrida 81,1%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.

Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 67,3 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 45,4%ini tashkil etdi.

2022 yil yanvar-sentyabr oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Baxmal, Mirzacho‘l, Zafarobod va Yangiobod tumanlarida – 100,0%, Paxtakor tumanida 99,8%, Sh.Rashidov tumanida – 74,2%ni, eng past ko‘rsatkich Jizzax shahrida – 21,7%ni tashkil etdi.

Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 311,1 million AQSh dollarini yoki umumiy importning 86,4%ini tashkil etdi.

Shuningdek, ushbu davrda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Baxmal, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida – 100,0%, G‘allaorol – 99,8%, Forish – 99,4%, Sharof Rashidov tumanida – 98,3%, eng past ko‘rsatkich Zafarobod tumanida – 20,1%ni tashkil etdi.

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:

- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 4051,8 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 51,3%i) yoki 2021 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 143,3%ni tashkil qildi;

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi G‘allaorol (1 708,6 mlrd. so‘m), Jizzax shahar (899,9 mlrd. so‘m), Forish (384,0 mlrd. so‘m), Paxtakor (285,5 mlrd. so‘m), tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- 2406,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 95%i) bajarildi va 2021 yilning yanvar-martiga nisbatan 106,0%ga ko‘paydi;

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Jizzax shahar (898,1 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (445,9 mlrd. so‘m), Zomin (198,0 mlrd. so‘m), G‘allaorol (152,4 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 6553,6 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 84,6%ini tashkil etib, 2021 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 110,2%ga o‘sishi kuzatildi.

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p savdo tovar aylanmasi hajmi Jizzax shahar (1849,4 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (1184,5 mlrd. so‘m), Zomin (929,1 mlrd. so‘m), Baxmal (538,2 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- avtomobil transporti yuk aylanmasining 1,7 %ga (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 93,3 %i), yo‘lovchi aylanmasining esa 3,1 %ga (umumiy yo‘lovchi aylanmasining 97,3%i) ko‘payishi ta’minlandi;

- 3415,2 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 58,4%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2021 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 109,5%ni tashkil qilgan.

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Jizzax shahar (854,6 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (620,1 mlrd. so‘m), G‘allaorol (378,6 mlrd. so‘m) va Zomin (344,5 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Elyor Pulatov,
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar