“Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga ko‘paytirilib, Jizzax vokzalida ham to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yilmoqda

“Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga ko‘paytirilib, Jizzax vokzalida ham to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yilmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish maqsadida, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 764/763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga ko‘paytirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qildi.

“Hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poyezd, 2020 yil 13 noyabrdan boshlab, haftada 3 marotaba (juma, shanba va yakshanba kunlari) yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qiladi. Bundan tashqari mazkur poyezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.

IZOH: Chiptalarni elektron tarzda ham bemalol xarid qilish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar