Joriy yilning may oyi uchinchi o‘n kunligilda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Akseleratori (Akselerator) «leadership meeting» (rahbarlarining uchrashuvi) videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad, davlat organlari va tashkilotlari resurslarini safarbar etish, shuningdek, belgilangan muammolarni 100 kunlik muddatda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumat Akseleratori metodologiyasiga muvofiq tezkor va samarali hal etish edi.
Yig‘ilishda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O.Hakimov va Akselerator koordinatorlari M.Babadjanov, A.Xolmurzayev va T.Niyazmatov ishtirok etishdi.
Videokonferensiyada vazirlik va idoralardan jami 50 nafardan ortiq rahbar va mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O. Hakimov tomonidan 100 kun ichida o‘rganilishi kerak bo‘lgan ustuvor masalalarni bayon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining farmoyishi bilan quyidagi muammolar tasdiqlandi:
- Fuqarolarning davlat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan qoniqish darajasini baholash mezonlarini shakllantirish.
Bugungi kunga kelib fuqarolar bilan ishlaydigan vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan fuqarolarning qoniqish darajasini baholash mezonlari mavjud emas.
Bu masalani ijobiy hal etish uchun Birlashgan Arab Amirliklari tajribasidan foydalangan holda «Happiness Metrics» tizimini joriy etish taklif etilmoqda. Ushbu tizimga muvofiq barcha fuqarolar o‘zlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini emotikonlar (a’lo, qoniqarli va yomon) orqali baholashlari mumkin. Yil oxirida uchta eng yaxshi va uchta samarasiz faoliyat ko‘rsatadigan vazirlik va idoralar aniqlanadi, past reytingni ko‘rsatgan vazirlik yoki idoralardagi ishlarning holati chuqur o‘rganiladi va ularni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Shuningdek, ushbu tizim orqali tegishli vazirlik va idoralar faoliyatining yakuniy natijalariga erishish uchun xodimlar mas’uliyati oshirilib, ish samaradorligini yaxshilash maqsadida davlat organlari orasida raqobat muhiti yaratiladi.
- O‘zbekiston Respublikasining energetika statistikasini BMT standartlariga muvofiq shakllantirish.
Respublikada BMTning Statistika tashkiloti va Xalqaro energetika agentligi standartlari asosida yoqilg‘i-energetika manbalaridan oqilona foydalanish va samaradorligini ta’minlash imkoniyatini beruvchi yagona yoqilg‘i-energetika balansi mavjud emas.
Shu munosabat bilan ryespublikada shakllanayotgan energetika statistikasi ma’lumotlarni inventarizatsiya qilish va yetishmayotgan ma’lumotlarni qamrab olish uchun mavjud statistik hisobotlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, natijada kiritilgan o‘zgarishlar asosida energiya balansini ishlab chiqish taklif etiladi.
- Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati yo‘nalishlari uchun reyting yuritish tizimini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 sentyabrdagi PF-5817-sonli “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vazifalaridan biri iste’molchilarga tovar (ishlar), xizmatlar, ularning ishlab chiqaruvchilari, pudratchilari va sotuvchilari to‘g‘risida, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risida ishonchli va to‘liq ma’lumot olish imkoniyatini berishdir.
Shu munosabat bilan respublikada iste’molchilarning tovar va xizmatlar to‘g‘risida xabardorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati bo‘yicha reyting baholarini o‘tkazish tizimini yaratish hamda ularning sifatini oshirish taklif etilmoqda.
Ta’kidlash joizki, uch yo‘nalishning har bir soha uchun jalb etilgan vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari bilan ishchi guruhlari tashkil etiladi, ular Akselerator koordinatorlari bilan har 25 kunda amalga oshirilgan ishlar natijadorligini ko‘rib chiqishadi.
100 kunlik ish yakunlariga ko‘ra, yakuniy bosqichda Akselerator rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda har bir muammoni hal qilishda erishilgan yakuniy natijalarni ko‘rib chiqiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Mavzuga oid materiallar:
O‘zbekiston uchun yagona billing
Izoh qoldirish